https://oz.sputniknews.uz/20220818/turkiya-isroil-bilan-diplomatik-munosabatlarni-tikladi-27251967.html
Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Sputnik O‘zbekiston
Chavusho‘g‘li Turkiyaning Isroil bilan diplomatik aloqalarini tiklashga qaror qilganini aytdi. 18.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-18T12:49+0500
2022-08-18T12:49+0500
2022-08-18T12:49+0500
dunyoda
turkiya
isroil
mevlut chavusho‘g‘li
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/04/25881578_0:166:3053:1883_1920x0_80_0_0_7c80fdb739bbf8f3ef955b3030b8c0ba.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Turkiya Isroilga elchi tayinlash va diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qildi, dedi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Shuningdek, u bu jarayon har ikki tomon uchun ham muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid bildirdi.Isroil prezidenti Isxak Gersog diplomatik munosabatlarning tiklanishi Isroil va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik bilan birga iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga yordam berishini aytdi.O‘z navbatida, bosh vazir Yair Lapid Turkiya bilan munosabatlarning tiklanishi mintaqaviy barqarorlik uchun muhim ekanligini va “Isroil fuqarolari uchun muhim iqtisodiy yangilik” bo‘lganini bildirgan.Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 2010-yilda Turkiyadan G‘azo sektoriga jo‘nab ketgan Moviy Marmara kemasining Isroil maxsus kuchlari tomonidan qo‘lga olinishi bilan bog‘liq voqeadan so‘ng keskin yomonlashgan edi.2018 yilning may oyida lda Anqara G‘azo sektorida 59 falastinlikning o‘limi va 2700 dan ortiq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan norozilik namoyishlaridan so‘ng, Isroil elchisidan mamlakatni tark etishni so‘ragandi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/04/25881578_161:0:2892:2048_1920x0_80_0_0_78ebc11edb6ec3d71ce5fd28aacbe635.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, isroil, mevlut chavusho‘g‘li
dunyoda, turkiya, isroil, mevlut chavusho‘g‘li
Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Chavusho‘g‘li Turkiyaning Isroil bilan diplomatik aloqalarini tiklashga qaror qilganini aytdi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Turkiya Isroilga elchi tayinlash va diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qildi, dedi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
"Isroilga elchi tayinlashga qaror qilindi, Isroil tomoni ham bu borada ijobiy javob berdi. Tez orada nomzodimiz Prezidentga taqdim etiladi. Xudo xohlasa, har ikki tomon uchun hammasi muvaffaqiyatli bo‘ladi", degan Chavusho‘g‘li. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.
Shuningdek, u bu jarayon har ikki tomon uchun ham muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid bildirdi.
Isroil prezidenti Isxak Gersog diplomatik munosabatlarning tiklanishi Isroil va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik bilan birga iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga yordam berishini aytdi.
“Yaqin Sharqdagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va sheriklik ruhi barchamiz uchun muhim”, - dedi u.
O‘z navbatida, bosh vazir Yair Lapid Turkiya bilan munosabatlarning tiklanishi mintaqaviy barqarorlik uchun muhim ekanligini va “Isroil fuqarolari uchun muhim iqtisodiy yangilik” bo‘lganini bildirgan.
Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 2010-yilda Turkiyadan G‘azo sektoriga jo‘nab ketgan Moviy Marmara kemasining Isroil maxsus kuchlari tomonidan qo‘lga olinishi bilan bog‘liq voqeadan so‘ng keskin yomonlashgan edi.
2018 yilning may oyida lda Anqara G‘azo sektorida 59 falastinlikning o‘limi va 2700 dan ortiq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan norozilik namoyishlaridan so‘ng, Isroil elchisidan mamlakatni tark etishni so‘ragandi.