https://oz.sputniknews.uz/20220818/samarqand-ruhi-rassomlar-27252108.html
"Samarqand ruhi": rassomlar ShHT mehmonlari uchun o‘ziga xos sovg‘a tayyorlashdi
"Samarqand ruhi": rassomlar ShHT mehmonlari uchun o‘ziga xos sovg‘a tayyorlashdi
Sputnik O‘zbekiston
ShHT Sammiti mehmonlari uchun tashkilotga a’zo davlatlardan kelgan rassomlar asarlaridan ijodiy ko‘rgazma tayyorlanmoqda. 18.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-18T12:24+0500
2022-08-18T12:24+0500
2023-05-11T16:20+0500
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
samarqand
rassom
shht-2022: samarqand sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/12/27250682_0:0:960:540_1920x0_80_0_0_4821ee6da2db814ab9996bcdff0c6a87.jpg
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Samarqand shahrida sentabr o‘tkazilishi kutilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Sammitiga tashrif buyuradigan yuqori martabali mehmonlarga "Ijodiy asarlarimizda Samarqand ruhi" nomli tasviriy san’at ko‘rgazmasi tashkil etiladi. "Ijodiy asarlarimizda Samarqand ruhi" ko‘rgazmasini tashkil etish uchun iyun oyida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston kabi 8 ta ShHTga a’zo davlatlarning iqtidorli va nufuzli rassom ijodkorlari Samarqand shahriga Xalqaro plenerga taklif etilgan edi. Xalqaro plener 2022-yilning 29-iyunidan 15-iyulga qadar davom etdi. Har bir davlatdan tashrif buyurgan rassomlar o‘z yurtlarining ko‘zga ko‘ringan madaniy meros obyektlari yoki tug‘ilib o‘sgan shaharlari bilan bog‘lik manzaralardan yaratilgan eng sara ijod namunalarini o‘zlari bilan olib keldilar. Undan tashqari ijodkorlar O‘zbekistonda ham yangi asarlar yaratishdi. Ushbu tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshchiligida, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/12/27250682_0:0:960:720_1920x0_80_0_0_269cf87f5d000b08d2c36cc3094c7c2e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), samarqand, rassom
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), samarqand, rassom
"Samarqand ruhi": rassomlar ShHT mehmonlari uchun o‘ziga xos sovg‘a tayyorlashdi
12:24 18.08.2022 (yangilandi: 16:20 11.05.2023) ShHT Sammiti mehmonlari uchun tashkilotga a’zo davlatlardan kelgan rassomlar asarlaridan ijodiy ko‘rgazma tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Samarqand shahrida sentabr o‘tkazilishi kutilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Sammitiga tashrif buyuradigan yuqori martabali mehmonlarga "Ijodiy asarlarimizda Samarqand ruhi" nomli tasviriy san’at ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Ko‘rgazmada Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlardan tashrif buyurgan ijodkor rassomlarning o‘zlari bilan olib kelgan hamda ushbu rassomlar Samarqandda ijodiy plener davomida yaratgan eng sara rangtasvir asarlari namoyish etiladi.
"Ijodiy asarlarimizda Samarqand ruhi" ko‘rgazmasini tashkil etish uchun iyun oyida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston kabi 8 ta ShHTga a’zo davlatlarning iqtidorli va nufuzli rassom ijodkorlari Samarqand shahriga Xalqaro plenerga taklif etilgan edi.
Xalqaro plener 2022-yilning 29-iyunidan 15-iyulga qadar davom etdi. Har bir davlatdan tashrif buyurgan rassomlar o‘z yurtlarining ko‘zga ko‘ringan madaniy meros obyektlari yoki tug‘ilib o‘sgan shaharlari bilan bog‘lik manzaralardan yaratilgan eng sara ijod namunalarini o‘zlari bilan olib keldilar. Undan tashqari ijodkorlar O‘zbekistonda ham yangi asarlar yaratishdi.
Ushbu tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshchiligida, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.