https://oz.sputniknews.uz/20220818/qozogistonning-atirau-viloyatida-xorazm-savdo-uyi-ochiladi-27253392.html
Qozog‘istonning Atirau viloyatida Xorazm savdo uyi ochiladi
Qozog‘istonning Atirau viloyatida Xorazm savdo uyi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Xorazm viloyati o‘zining qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini Atirau viloyatiga eksport qiladi. 18.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-18T13:18+0500
2022-08-18T13:18+0500
2022-08-18T13:18+0500
iqtisod
xorazm viloyati
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/93/53/935329_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_ad0d0b992fc465a06f98fc761cf6594e.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Atirau viloyatida Xorazm savdo uyi ochiladi. Bu haqda Xorazm viloyati delegatsiyasining Qozog‘istonning Atirau va Mang‘istau viloyatlari rasmiylari uchrashuvida ma’lum qilindi.“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, uchrashuvda o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoatida hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borilgan.Shuningdek. Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti salohiyati va Atirau viloyatidagi savdo markazlarining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.Uchrashuv so‘nggida Xorazm viloyatining “Agro Land Max” FX va Atirau viloyatining “Asil Arba” MChJ o‘rtasida Atirau viloyatiga 1 million 27 ming AQSh dollar qiymatdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023-yilda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi xabar qilingan edi.
xorazm viloyati
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/93/53/935329_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_75f6a52cdbcc69caf2db4ffe74691274.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, xorazm viloyati, qozog‘iston
iqtisod, xorazm viloyati, qozog‘iston
Qozog‘istonning Atirau viloyatida Xorazm savdo uyi ochiladi
Xorazm viloyati o‘zining qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini Atirau viloyatiga eksport qiladi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Atirau viloyatida Xorazm savdo uyi ochiladi. Bu haqda Xorazm viloyati delegatsiyasining Qozog‘istonning Atirau va Mang‘istau viloyatlari rasmiylari uchrashuvida ma’lum qilindi.
“Dunyo” AA
xabariga ko‘ra, uchrashuvda o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoatida hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borilgan.
“Xususan, Xorazm viloyati delegatsiyasining Atirau viloyatiga qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha bildirgan tijorat takliflari, shuningdek, Atirau viloyatida Xorazm viloyatining savdo uyini ochish va viloyatda qo‘shma issiqxona kompleksini tashkil etish tashabbuslari Atirau viloyati akimi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek. Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti salohiyati va Atirau viloyatidagi savdo markazlarining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv so‘nggida Xorazm viloyatining “Agro Land Max” FX va Atirau viloyatining “Asil Arba” MChJ o‘rtasida Atirau viloyatiga 1 million 27 ming AQSh dollar qiymatdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023-yilda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi
xabar qilingan edi.