https://oz.sputniknews.uz/20220818/mirziyoev-iht-bosh-kotibi-bilan-orol-ekologik-muammolarini-muhokama-qildi-27273495.html
Mirziyoyev IHT bosh kotibi bilan Orol ekologik muammolarini muhokama qildi
Mirziyoyev IHT bosh kotibi bilan Orol ekologik muammolarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bu global ekologik xatarlarni bartaraf etish xalqaro hamjamiyat va moliyaviy institutlarni jalb qilishga qaratilgan umumiy... 18.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-18T18:38+0500
2022-08-18T18:38+0500
2022-08-18T18:38+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
orol dengizi
saudiya arabistoni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/12/27273328_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_756682292ac05a9d955bf0e5b7cb9023.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifining ikkinchi kunida Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashdi.Uchrashuvda ushbu nufuzli xalqaro tuzilma hozirgi zamon xatarlari sharoitida islom qadriyatlarini asrab-avaylash, musulmon xalqlari o‘rtasida hamjihatlik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.Shuningdek, Mirziyoyev va Ibrohim Toha Orol mintaqasidagi ekologik muammolarni hal qilish masalalarini muhokama qilishdi.IHT bosh kotibi joriy yil martda Islomobodda IHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan Orolbo‘yi hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyalarni qo‘llab-quvvatlaganini qayd etdi.Ularga yechim izlash maqsadida ilmiy va amaliy tajriba almashish, xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.Husayn Ibrohim Toha O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotida alohida o‘rin tutishi, mamlakat ilgari surayotgan loyiha va dasturlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi. IHT mamlakatlari turizm vazirlari tomonidan Xiva shahri 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilingani bilan tabrikladi.Bugungi kunda Islom hamkorlik tashkiloti 1 milliard 700 million aholi yashaydigan 57 ta davlatni birlashtirgan dunyodagi eng yirik xalqaro tuzilmalardan biridir. O‘zbekiston IHTga 1996-yilda a’zo bo‘lganidan buyon tashkilot bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/12/27273328_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_03932f3bf374130d6e01868c85ca8335.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, orol dengizi, saudiya arabistoni
siyosat, shavkat mirziyoyev, orol dengizi, saudiya arabistoni
Mirziyoyev IHT bosh kotibi bilan Orol ekologik muammolarini muhokama qildi
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bu global ekologik xatarlarni bartaraf etish xalqaro hamjamiyat va moliyaviy institutlarni jalb qilishga qaratilgan umumiy hamkorlikni taqozo etishini ta’kidladi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifining ikkinchi kunida Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan
uchrashdi. Uchrashuvda ushbu nufuzli xalqaro tuzilma hozirgi zamon xatarlari sharoitida islom qadriyatlarini asrab-avaylash, musulmon xalqlari o‘rtasida hamjihatlik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.
Shuningdek, Mirziyoyev va Ibrohim Toha Orol mintaqasidagi ekologik muammolarni hal qilish masalalarini muhokama qilishdi.
IHT bosh kotibi joriy yil martda Islomobodda IHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan Orolbo‘yi hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyalarni qo‘llab-quvvatlaganini qayd etdi.
“Orol dengizi va Chad ko‘lining qurishi bir-biriga o‘xshash muammolardir, ushbu global ekologik xatarlarni bartaraf etish xalqaro hamjamiyat va moliyaviy institutlarni jalb qilishga qaratilgan umumiy hamkorlikni taqozo etadi”, - dedi Husayn Ibrohim Toha.
Ularga yechim izlash maqsadida ilmiy va amaliy tajriba almashish, xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.
Husayn Ibrohim Toha O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotida alohida o‘rin tutishi, mamlakat ilgari surayotgan loyiha va dasturlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi. IHT mamlakatlari turizm vazirlari tomonidan Xiva shahri 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilingani bilan tabrikladi.
Bugungi kunda Islom hamkorlik tashkiloti 1 milliard 700 million aholi yashaydigan 57 ta davlatni birlashtirgan dunyodagi eng yirik xalqaro tuzilmalardan biridir. O‘zbekiston IHTga 1996-yilda a’zo bo‘lganidan buyon tashkilot bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.