Medvedev oddiy yevropaliklarning Rossiyaga munosabati haqida gapirdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZampred Sovbeza RF D. Medvedev
Zampred Sovbeza RF D. Medvedev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna bo‘lish
Medvedev: Qashshoq pribaltikaliklar, quturgan polyaklar va NATOdan qochgan finlar Rossiya bilan munosabatlarni uzish istagi haqida kim ko‘proq jahl bilan gapirishda raqobatlashmoqda.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Yevropa davlatlari hukumatlari Rossiya bilan munosabatlarni uzish istagi haqida kim ko‘proq jahl bilan gapirishi bo‘yicha raqobatlashmoqda, biroq oddiy fuqarolar sog‘lom fikrni yo‘qotgani yo‘q. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
“Yevropa davlatlarining hukumatlari, ayniqsa qashshoq pribaltlar, quturgan polyaklar va NATOdan qochgan finlar Rossiya bilan barcha munosabatlarni uzish istagi haqida kim ko‘proq jahl bilan gapirishini bilish uchun raqobatlashmoqda. Buning ma’nosi: rossiyaliklardan nafratlanamiz va ularni hech qayerga qo‘yib yuborishni xohlamaymiz”, deb yozdi Medvedev Telegram’dagi kanalida.
“Ammo so‘rovlar natijalariga ko‘ra, oddiy fuqarolar sog‘lom fikrni yo‘qotgani yo‘q. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisining yarmidan ko‘pi Rossiya bilan aloqalarni uzishni umuman istamaydi. Ular oldingidek to‘laqonli munosabatlarni istashadi”, deya qo‘shimcha qilgan Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Ukrainada Rossiya harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi: Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlari muzlatib qo‘yildi, Yevropa Ittifoqi allaqachon yettita cheklovchi chora-tadbirlar paketini, jumladan ko‘mir va neftga embargo joriy qildi. Bularning barchasi allaqachon G‘arbning o‘zi uchun muammoga aylanib, inflyatsiya va oziq-ovqat hamda yoqilg‘i narxlarining keskin oshishiga olib keldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiyadir, ammo sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi.
Yangiliklar lentasi
0