https://oz.sputniknews.uz/20220818/fuqarolarga-favqulodda-vaziyatlar-zonalarida-ishlaganligi-uchun-qator-imtiyozlar-beriladi-27264171.html
Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun qator imtiyozlar beriladi
Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun qator imtiyozlar beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun bilan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, bila turib yolg‘on axborot taqdim etish taqiqlanadi. 18.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-18T16:40+0500
2022-08-18T16:40+0500
2022-08-18T16:40+0500
jamiyat
favqulodda holat
imtiyoz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1407/98/14079894_0:1:3639:2047_1920x0_80_0_0_73428b36728895d98cfb0a4d95dbbb84.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Prezident “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar ro‘y berish manbaiga qarab quyidagilarga bo‘linadiFavqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.Prognoz qilingan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning ko‘lami va holatiga qarab muayan hududda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining quyidagi rejimlari o‘rnatiladi:kundalik rejim – muayan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lmaganda;- yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lganda;- favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda- va favqulodda vaziyatlar davrida.Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolg‘on axborot taqdim etish taqiqlanadi.Davlat tomonidan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish holati, aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, prognoz qilinayotgan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar, ulardan muhofazalanish usullari to‘g‘risida OAV orqali aholi o‘z vaqtida va ishonchli xabardor qilinishi shart.Favqulodda vaziyatlarni e’lon qilish mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda – hokimlarning tegishli qarorlari, respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda – Hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1407/98/14079894_453:0:3184:2048_1920x0_80_0_0_4c3677b6ae4f494ea9107dc1100e6290.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, favqulodda holat, imtiyoz
jamiyat, favqulodda holat, imtiyoz
Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun qator imtiyozlar beriladi
Qonun bilan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, bila turib yolg‘on axborot taqdim etish taqiqlanadi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Prezident “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunni
imzoladi. Qonunga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar ro‘y berish manbaiga qarab quyidagilarga bo‘linadi
tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar;
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar beriladi.
Prognoz qilingan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning ko‘lami va holatiga qarab muayan hududda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining quyidagi rejimlari o‘rnatiladi:
kundalik rejim – muayan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lmaganda;
- yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lganda;
- favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda
- va favqulodda vaziyatlar davrida.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolg‘on axborot taqdim etish taqiqlanadi.
Davlat tomonidan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish holati, aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, prognoz qilinayotgan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar, ulardan muhofazalanish usullari to‘g‘risida OAV orqali aholi o‘z vaqtida va ishonchli xabardor qilinishi shart.
Favqulodda vaziyatlarni e’lon qilish mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda – hokimlarning tegishli qarorlari, respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda – Hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.