Xitoyda jazirama issiq davomiyligi bo‘yicha rekord qayd etildi

© AP Photo / Andy WongMujchina nirayet v kanal, chtobi osvejitsya posle neobichno jarkogo dnya v Pekine
Mujchina nirayet v kanal, chtobi osvejitsya posle neobichno jarkogo dnya v Pekine  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Xitoyda 1961-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan muntazam meteorologik kuzatuvlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Xitoyning bir qator mintaqalarida havo harorati haddan tashqari yuqori bo‘lgan g‘ayrioddiy issiq ob-havo mamlakatda 1961-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan muntazam meteorologik kuzatuvlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Xitoy markaziy meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi.
“Kompleks tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda yuqori harorat vaanomal jazirama bilan kechadigan ushbu mintaqaviy hodisaning davomiyligi oshib, intensivligi ortadi”, deyiladi boshqarma xabarida.
Qayd etilishicha, 15-avgust holatiga ko‘ra g‘ayritabiiy issiqlik ketma-ket 64 kundan beri davom etmoqda, avvalgi rekord 2013-yilda 62 kun bo‘lgan edi.
Meteorologlarning ma’lumotlari 35 darajadan yuqori haroratni qayd etgan 1680 ta meteorologik stansiya va 37 darajadan yuqori haroratni qayd etgan 1426 ta stansiya ma’lumotlariga asoslanadi. Shu bilan birga, 262 ta stansiyada 40 darajadan yuqori harorat qayd etilgan, bu ham rekorddir, chunki 2013-yilda 187 ta, 2017-yilda esa 133 ta shunday stansiya mavjud edi.
1 iyundan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda respublika bo‘yicha yuqori haroratli kunlarning o‘rtacha soni 12 kunni tashkil etdi. Mamlakatning ayrim hududlarida jazirama yana kamida 7-10 kun davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0