Erkin kurashchi Umidjon Jalolov jahon chempioni bo‘ldi – video

© Press-slujba Ministerstva razvitiya sporta UzbekistanaUzbekistanes stal chempionom mira po volnoy borbe
Uzbekistanes stal chempionom mira po volnoy borbe  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Sofiyadagi erkin kurash bo‘yicha U-20 Jahon chempionatida o‘zbekistonlik kurashchi barcha raqiblarini dog‘da qoldirdi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Umidjon Jalolov Sofiya shahrida (Bolgariya) erkin kurash bo‘yicha U-20 Jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Jalolov (-65 kg) finalgacha bo‘lgan yo‘lda Qirg‘iziston, Chili, Yaponiya hamda AQSh vakillarini katta farq bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Hal qiluvchi final bahsida esa u ozarbayjonlik Ziraddin Bayramov ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Bundan tashqari, -74 kg vazn toifasida Jafar Chuliboyev bronza medali uchun o‘tish bosqichida raqibini kutayotgan bo‘lsa, -125 kgda Namoz Abdurashidov turkiyalik Adil Misirchi bilan uchunchi o‘rin uchun kurashadi.
Bolgariyadagi erkin kurash bo‘yicha U-20 Jahon chempionatida dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar ishtirok etapti. Musobaqalar 21-avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston sharafini 6 nafar kurashchi himoya qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0