https://oz.sputniknews.uz/20220817/toraqorgon-issiqlik-elektr-stantsiyasi-faoliyati-favqulodda-toxtatildi-27217089.html
To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi faoliyati favqulodda to‘xtatildi
To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi faoliyati favqulodda to‘xtatildi
Sputnik O‘zbekiston
Buning natijasida ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. 17.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-17T12:13+0500
2022-08-17T12:13+0500
2022-08-17T12:22+0500
hodisalar
issiqlik elektr stansiyasi (ies)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27217173_0:35:680:418_1920x0_80_0_0_620f4f7d385b50271d44e928941c56ed.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi (IES) faoliyati favqulodda to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, "O‘ztransgaz" AJga qarashli magistral gaz quvuri o‘tgan yer maydonida noma’lum shaxslar kelishmasdan yerni qazish ishlarini olib borishgan. Buning natijasida gaz quvuriga shikast yetgan.Ta’kidlanishicha, bu gaz quvuri To‘raqo‘rg‘on IESni yoqilg‘i bilan ta’minlaydi. Mazkur gaz quvuriga yetkazilgan shikast natijasida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi favqulodda to‘xtatilgan.Vazirlik mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27217173_38:0:642:453_1920x0_80_0_0_af48896f49d91f0d6f31a7b93e6705ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , issiqlik elektr stansiyasi (ies)
hodisalar , issiqlik elektr stansiyasi (ies)
To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi faoliyati favqulodda to‘xtatildi
12:13 17.08.2022 (yangilandi: 12:22 17.08.2022) Buning natijasida ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi (IES) faoliyati favqulodda to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, "O‘ztransgaz" AJga qarashli magistral gaz quvuri o‘tgan yer maydonida noma’lum shaxslar kelishmasdan yerni qazish ishlarini olib borishgan. Buning natijasida gaz quvuriga shikast yetgan.
Ta’kidlanishicha, bu gaz quvuri To‘raqo‘rg‘on IESni yoqilg‘i bilan ta’minlaydi. Mazkur gaz quvuriga yetkazilgan shikast natijasida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi favqulodda to‘xtatilgan.
"Hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etish, shuningdek, elektr ta’minoti uchun zaxira quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.Boshqa elektr stansiyalarida zaxira energobloklarini ulash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ma’lum vaqt zarurligini inobatga olgan holda, ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin", - deyilgan xabarda.
Vazirlik mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.