https://oz.sputniknews.uz/20220817/toraqorgon-ies-27225482.html
To‘raqo‘rg‘on IES tez orada yana elektr energiyasini uzata boshlaydi – vazirlik
To‘raqo‘rg‘on IES tez orada yana elektr energiyasini uzata boshlaydi – vazirlik
Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda qayta ishga tushirilishini ma’lum qildi. 17.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-17T16:42+0500
2022-08-17T16:42+0500
2022-08-17T16:42+0500
jamiyat
issiqlik elektr stansiyasi (ies)
energetika vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1214/92/12149221_0:72:3389:1978_1920x0_80_0_0_71bfd2f24c399e4f1dc2a0252f6eb419.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Namangandagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda qayta ishga tushiriladi va u yana elektr energiyasini uzata boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.Qayd etilishicha, stansiyasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlikni maxsus brigada bartaraf etmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlari bugun, soat 18:00ga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda.“Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda ishga tushirilib, elektr energiyasini uzata boshlaydi”, - deyilgan xabarda.Hozir yo‘qotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq gidroelektr stansiyasidagi zaxira energobloklar ishga tushirilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘raqo‘rg‘on IES faoliyati favqulodda to‘xtatilgani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1214/92/12149221_329:0:3060:2048_1920x0_80_0_0_81537465c7b20703bb341b7d77d8620f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, issiqlik elektr stansiyasi (ies) , energetika vazirligi
jamiyat, issiqlik elektr stansiyasi (ies) , energetika vazirligi
To‘raqo‘rg‘on IES tez orada yana elektr energiyasini uzata boshlaydi – vazirlik
Energetika vazirligi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda qayta ishga tushirilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Namangandagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda qayta ishga tushiriladi va u yana elektr energiyasini uzata boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, stansiyasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlikni maxsus brigada bartaraf etmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlari bugun, soat 18:00ga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda ishga tushirilib, elektr energiyasini uzata boshlaydi”, - deyilgan xabarda.
Hozir yo‘qotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq gidroelektr stansiyasidagi zaxira energobloklar ishga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘raqo‘rg‘on IES faoliyati favqulodda to‘xtatilgani
xabar qilingan edi.