Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT davlatlarining Xavfsizlik kengashlari kotiblari Toshkentda uchrashadi

© Sputnik / Zafar XalilovFlagi stran ShOS
Flagi stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Davlat rahbarlari kengashiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. 19 avgust, juma kuni Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 17-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida o‘tkazilib, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Davlat rahbarlari kengashiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.
Yig‘ilishda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, ShHT MATT Kotibiyati va Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etadi.
Kun tartibiga muvofiq xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, terrorizm, ekstremizm, qurol hamda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Tadbir doirasida hamkor davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishlari 2004-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va ko‘p tomonlama hamkorlikning muvofiqlashtiruvchi va maslahat mexanizmi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti 2022-yil 15-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Unda ShHTga a’zo davlatlar, xususan, O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston va Eron. Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Belarus tashkilotda kuzatuvchi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha hamkor sifatida ishtirok etadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0