O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘zaro tovar aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazish niyatida

© Sputnik / Murad OrujovBaxrom Ashrafxanov
Baxrom Ashrafxanov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon elchisi ikki mamlakat o‘zaro tovar aylanmasi hajmini oshirish uchun qanday choralar ko‘rishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Toshkent va Boku o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini imkon qadar tezroq 1 mlrd dollarga yetkazish niyatida. Bu haqida Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev ma’lum qildi.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida tomonlar qator tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash va zarur hukumatlararo hujjatlarni imzolash tadbirlari shular jumlasidan.
Guliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamg‘armaning 25 foiziga, Ozarbayjon esa 75 foiziga egalik qiladi.
Tomonlar, shuningdek, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni, jumladan, Ozarbayjonda ipak ishlab chiqarish klasterini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Mazkur loyihaga 1 mln dollar sarmoya kiritilib, tayyor ipak mahsulotlarini eksport qilish uchun Ozarbayjonda qo‘shma to‘qimachilik korxonalari tashkil etilgan.
"Yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda O‘zbekiston tajribasini qo‘llash rejalashtirilgan. Shuningdek, Toshkentning Uchtepa tumanida 550 kvadrat metr maydonda investitsiya qiymati 1,2 mln dollar bo‘lgan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deydi elchi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi hududlar forumi, milliy sanoat ko‘rgazmalari, Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi birinchi yig‘ilish va o‘zaro savdo missiyalarini o‘tkazish niyatida.
Yangiliklar lentasi
0