https://oz.sputniknews.uz/20220817/lxrdagi-ot-zavodi-qanday-qayta-tiklanmoqda---sputnik-reportaji-27216901.html
LXRdagi ot zavodi qanday qayta tiklanmoqda - Sputnik reportaji
LXRdagi ot zavodi qanday qayta tiklanmoqda - Sputnik reportaji
Sputnik O‘zbekiston
LXRdagi ot zavodi qanday qayta tiklanmoqda?
2022-08-17T15:46+0500
2022-08-17T15:46+0500
2022-08-17T15:46+0500
video
lugansk xalq respublikasi (lxr)
zavod
multimedia
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27215407_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_25035686e8e3af951aff081f22b8530c.jpg
Lugansk Xalq Respublikasining ozod etilgan hududlarida tinch hayot tarziga qaytapti. Sputnik muxbiri Alina Niyazbakiyeva LXRning Danilovka qishlog‘idagi №63 Derkul ot zavodida bo‘ldi.Zavod Yelizaveta ІІ ning 1765-yil 22-apreldagi buyrug‘i bilan yaratilgan. 1767-yilda zavod ochilgan va dastlab nemis, ispan, fors, ingliz, neopolitan, venger va rus - jami 73 bosh otni qabul qilib olgan.10 yil o‘tib zavodda 469 bosh, 1787-yilda esa 881 bosh ot saqlangan. Va bu qadimgi ot zavodlari orasida nasldor otlarning eng katta zaxirasi bo‘lgan. Zavod hatto buyuk rus sarkardasi Mixail Kutuzovga eng yaxshi otlar yetkazib bergan.Fuqarolik urushidan so‘ng u yerda yo‘rtog‘i - rus va orlov otlari yetishtirilgan. 1933-yilda esa rus otliq orlov-rostopchin zotini tiklash boshlangan .Zavod qurilishi ham o‘ziga xos. Bu yerda nemis arxitekturasi belgilari seziladi. Zavod hududida yagona bo‘lgan Yapon maneji ham bor. U 19-asr boshida hech qanday mix ishlatilmasdan kurilgan va bitta ustunda turadi.SSSR davrida Derkul ot zavodida xalqaro toifadagi otlar yetishtirilgan. Biroq, Ukraina hukumati davrida korxona vayron bo‘lgan, ot sonlari keskin kamayib ketgan.Uning aytishicha, tadbirkorlarga yer bo‘shatish uchun zavod hududida saqlangan naslli otlarning ko‘p qismini so‘yishgan. Tadbirkorlar esa zavodni talon-taroj qilgan.LXR ozod etilganidan so‘ng zavodni zudlik bilan qayta tiklash ishlari boshlandi.Ayni paytda zavodda 170 dan ziyod ot saqlanmoqda. Shuningdek, cho‘chqa, sigir va boshqa qoramol ham bor.Hozirda u yerda ot poygasi, ko‘pkurash kabi sport turlarida ishtirok eta oladigan sport otlari yetishtirilmoqda. Ularni ko‘proq rossiyalik sportchilar sotib olishapti. Shuningdek, u yerda yosh sportchilar ham tayyorlanishmoqda.
lugansk xalq respublikasi (lxr)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27215407_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_e43d9ddf4c61ec3a90c9fdef707302a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
lxrdagi ot zavodi qanday qayta tiklanmoqda?
lxrdagi ot zavodi qanday qayta tiklanmoqda?
LXRdagi ot zavodi qanday qayta tiklanmoqda - Sputnik reportaji
Eksklyuziv
Ukraina hukumati davrida katta tarixga ega ot zavodi deyarli butunlay yo‘q qilindi. Ayni paytda korxona qayta tiklanmoqda va otlar yetishtirilmoqda. Sputnik muxbiri noyob zavodda bo‘ldi va o‘zgarishlar bilan tanishdi.
Lugansk Xalq Respublikasining ozod etilgan hududlarida tinch hayot tarziga qaytapti. Sputnik muxbiri Alina Niyazbakiyeva LXRning Danilovka qishlog‘idagi №63 Derkul ot zavodida bo‘ldi.
Zavod Yelizaveta ІІ ning 1765-yil 22-apreldagi buyrug‘i bilan yaratilgan. 1767-yilda zavod ochilgan va dastlab nemis, ispan, fors, ingliz, neopolitan, venger va rus - jami 73 bosh otni qabul qilib olgan.
10 yil o‘tib zavodda 469 bosh, 1787-yilda esa 881 bosh ot saqlangan. Va bu qadimgi ot zavodlari orasida nasldor otlarning eng katta zaxirasi bo‘lgan. Zavod hatto buyuk rus sarkardasi Mixail Kutuzovga eng yaxshi otlar yetkazib bergan.
Fuqarolik urushidan so‘ng u yerda yo‘rtog‘i - rus va orlov otlari yetishtirilgan. 1933-yilda esa rus otliq orlov-rostopchin zotini tiklash boshlangan .
Zavod qurilishi ham o‘ziga xos. Bu yerda nemis arxitekturasi belgilari seziladi. Zavod hududida yagona bo‘lgan Yapon maneji ham bor. U 19-asr boshida hech qanday mix ishlatilmasdan kurilgan va bitta ustunda turadi.
SSSR davrida Derkul ot zavodida xalqaro toifadagi otlar yetishtirilgan. Biroq, Ukraina hukumati davrida korxona vayron bo‘lgan, ot sonlari keskin kamayib ketgan.
“Otxonaga yem-oziq olib kelish uchun hatto yoqilg‘imiz bo‘lmagan”, - deydi korxona direktori Mixail Gladkov.
Uning aytishicha, tadbirkorlarga yer bo‘shatish uchun zavod hududida saqlangan naslli otlarning ko‘p qismini so‘yishgan. Tadbirkorlar esa zavodni talon-taroj qilgan.
LXR ozod etilganidan so‘ng zavodni zudlik bilan qayta tiklash ishlari boshlandi.
“Zavodning avvalgi holati bilan hozirgisida juda katta farq bor. Obodonlashtirish ishlari boshlandi, otlarga e’tibor o‘zgardi”, - deydi direktor.
Ayni paytda zavodda 170 dan ziyod ot saqlanmoqda. Shuningdek, cho‘chqa, sigir va boshqa qoramol ham bor.
Hozirda u yerda ot poygasi, ko‘pkurash kabi sport turlarida ishtirok eta oladigan sport otlari yetishtirilmoqda. Ularni ko‘proq rossiyalik sportchilar sotib olishapti. Shuningdek, u yerda yosh sportchilar ham tayyorlanishmoqda.