FXX Qrimda “Hizb ut-Tahrir”* a’zolarini qo‘lga oldi

© Sputnik / SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishFSB Rossii presekla deyatelnost yacheyki mejdunarodnoy terroristicheskoy organizatsii v Krimu
FSB Rossii presekla deyatelnost yacheyki mejdunarodnoy terroristicheskoy organizatsii v Krimu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Ular Ukrainadagi sheriklari ko‘magida Rossiyada terrorchilik aqidalarini tarqatish ishlarini olib borishgan.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Qrimda “Hizb ut-Tahrir al Islomiy”* xalqaro terrorchilik tashkiloti yacheykasi faoliyatining oldini oldi.
“Rossiya FXX xodimlarining muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlari natijasida Djankoy, Yalta shaharlarida olti nafar Rossiya fuqarosidan iborat terrorchilik tashkiloti yashirin yacheykasining faoliyatiga chek qo‘ydi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, ular Ukrainadagi emissarlar ko‘magida Rossiyada terrorchilik aqidalarini tarqatish ishlarini olib borishgan va o‘z saflariga mahalliy musulmonlarni jalb qilishgan.
Qo‘lga olinganlarning uyidan Rossiyada taqiqlangan materiallar, aloqa vositalari va elektron axborot tashuvchi vositalar musodara qilingan.
Hozir ularga qarshi Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan.
“Hizb ut-Tahrir al Islomiy”* dunyoning ko‘plab mamlakatlarida taqiqlangan. Rossiyada u Oliy sudning 2003-yildagi qarori bilan taqiqlangan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0