Toshkent va Ufa qo‘shma investitsiya loyihalarini belgilab oldi

© Fotolia / KokhanchikovUfa, Bashkiriya
Ufa, Bashkiriya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
Boshqirdiston Respublikasi bosh vaziri Andrey Nazarov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Bugun Boshqirdiston Respublikasi bosh vaziri Andrey Nazarov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashdi.
“Biz O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlashda davom etmoqdamiz. Biz Toshkent shahar hokimi bilan oktabr oyida Ufa shahrida Toshkent kunlarini o‘tkazishga kelishib oldik.
Sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi xomashosini ishlab chiqarish va qayta ishlash hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini belgilab oldik", - deb yozdi Nazarov o‘z Telegram-kanalida.
O‘zbekiston biznesiga aloqador “GazResurc” kompaniyasi Boshqirdistonda umumiy qiymati 1,3 mlrd rubl bo‘lgan 3 ta investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda – bu tabiiy gaz quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish. Investor ularni Neftekamsk, Ufimskiy, Karmaskalinskiy va Beloreskiy tumanlarida ochdi. 2024-yilgacha Ufada yana 3 ta stansiyani ishga tushiradi. Jami 270 mln rubl sarmoya kiritiladi.
Ikkinchi loyiha - Blagoveshensk tumanida avtomobil transporti uchun to‘liq metall gaz ballonlari ishlab chiqaruvchi zavodni qurish. Yiliga 50 litrdan 200 litrgacha bo‘lgan 120 ming ballon ishlab chiqariladi. Investitsiyalar hajmi 70 ish o‘rni yaratish, 800 mln rublni tashkil etadi. Zavod 2025-yilda ishga tushiriladi.
Yog‘ochni qayta ishlash sohasida yana bir loyiha. Uchalinskiy tumanida fanera ishlab chiqaruvchi korxona quriladi. 235 mln rubllik zamonaviy majmuada 100 ta yangi ish o‘rni yaratilib, 6 ming kub metrgacha mahsulot ishlab chiqariladi.
“O‘zbekistonga so‘nggi tashrifimizdan so‘ng respublikalarimiz o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi oshganini ko‘rapmiz. Yil boshidan buyon u 6,9 %ga o‘sdi. 2021-yilda aylanma 113 mln $ni tashkil etdi”, - deb yozdi u.
Hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va sayohat qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Ufadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari mart oyidan tiklandi, shuningdek, 14-iyuldan “UTair” aviakompaniyasining parvozlar dasturi ham yo‘lga qo‘yildi.
“Biz Boshqirdiston korxonalari o‘rtasida O‘zbekistondagi potensial hamkorlar bilan hamkorlikni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yamoqdamiz. Biznes -missiyamiz 17 dan 19-avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Biz keng qamrovli ishbilarmonlik dasturida O‘zbekistonning sohaviy kontragentlari bilan B2B uchrashuvlari, mahalliy biznes va ishbilarmon doiralar ishtirokida davra suhbatlari, shuningdek, O‘zbekistondagi sohaviy korxonalarga tashriflar o‘rin olgan”, - deyilgan post yakunida.
Yangiliklar lentasi
0