https://oz.sputniknews.uz/20220816/toshkent-27191352.html
Toshkent viloyatida yangi temir yo‘l ko‘prigi qurilishi boshlandi
Toshkent viloyatida yangi temir yo‘l ko‘prigi qurilishi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘prikdagi qurilish ishlari 2023-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. 16.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-16T18:30+0500
2022-08-16T18:30+0500
2022-08-16T18:30+0500
jamiyat
toshkent viloyati
ko‘prik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/10/27187837_0:0:1021:574_1920x0_80_0_0_abae5ad8d90b89f5b874d7fbd2945b38.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Nazarbek shaharchasi hududidan o‘tgan temiryo‘l va avtomobil yo‘llari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich – ko‘prik qurilishi boshlandi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.Aytilishicha, loyiha doirasida umumiy uzunligi 398 metr, kengligi 22 metr, ko‘prikosti balandligi esa 7 metr bo‘lgan tonnel tipidagi yo‘l o‘tkazgich quriladi.Ikkinchi bosqichda tonnel ustidan o‘tuvchi 3 izli, uzunligi 32,25 metr, kengligi 18,5 metrli, sxemasi 2x13 bo‘lgan temiryo‘l ko‘prigi barpo etiladi.Shuningdek, 28 metr uzunlikda hamda 12,5 metr kenglikdagi avtomobil yo‘li ko‘prigi qurilishi ham reja qilingan.Ayni paytda yerosti yo‘l o‘tkazgichi poydevorida qurilish ishlari tugatilib, loyiha doirasida navbatdagi ishlar bajarilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/10/27187837_34:0:941:680_1920x0_80_0_0_74d580d88d43c24b04649f124be31490.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent viloyati, ko‘prik
jamiyat, toshkent viloyati, ko‘prik
Toshkent viloyatida yangi temir yo‘l ko‘prigi qurilishi boshlandi
Ko‘prikdagi qurilish ishlari 2023-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Nazarbek shaharchasi hududidan o‘tgan temiryo‘l va avtomobil yo‘llari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich – ko‘prik qurilishi boshlandi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi xabar
berdi. Aytilishicha, loyiha doirasida umumiy uzunligi 398 metr, kengligi 22 metr, ko‘prikosti balandligi esa 7 metr bo‘lgan tonnel tipidagi yo‘l o‘tkazgich quriladi.
Ikkinchi bosqichda tonnel ustidan o‘tuvchi 3 izli, uzunligi 32,25 metr, kengligi 18,5 metrli, sxemasi 2x13 bo‘lgan temiryo‘l ko‘prigi barpo etiladi.
Shuningdek, 28 metr uzunlikda hamda 12,5 metr kenglikdagi avtomobil yo‘li ko‘prigi qurilishi ham reja qilingan.
“2023 yilda yakunlanishi rejalashtirilayotgan ko‘prik foydalanishga topshirilgach 32 mingdan ziyod mahalliy aholi va ushbu yo‘ldan o‘tib qaytayotgan boshqa haydovchilarning vaqti tejaladi, avtomobillar tirbandligi bartaraf etiladi”, deyiladi xabarda.
Ayni paytda yerosti yo‘l o‘tkazgichi poydevorida qurilish ishlari tugatilib, loyiha doirasida navbatdagi ishlar bajarilmoqda.