Shoygu: Markaziy Osiyoda terrorizmning yuqori xavfi saqlanib qolmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa vazirining ta’kidlashicha, NATO qo‘shinlarining yigirma yillik merosi quvonarli emas.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Markaziy Osiyoda terrorizmning yuqori xavfi saqlanib qolmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Armiya-2022” forumi doirasidagi xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva anjumani ochilishi marosimida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“AQSh va NATO kuchlari Afg‘onistondan jadal olib chiqilgandan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat g‘oyat keskinligicha qolmoqda. Afg‘onistonning yangi hukumati harbiy va iqtisodiy xarakterdagi jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda”, - dedi u.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, NATO qo‘shinlarining yigirma yillik merosi quvonarli emas. Natijada mintaqada terrorchilik xavfining yuqori darajasi saqlanib qolmoqda.
Rossiya mudofaa vaziri Markaziy Osiyo xavfsizligi masalalarini manfaatdor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning faqat muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlari bilan hal etish mumkinligini qayd etdi.
“Biz o‘z tomonimizdan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bo‘yicha ittifoqdoshlarimizga milliy qurolli kuchlar salohiyatini oshirishda ko‘maklashishda davom etamiz”, - dedi Shoygu.
Yangiliklar lentasi
0