https://oz.sputniknews.uz/20220816/shht-tolov-tizimlarining-mosligiga-erishishda-davom-etadi-27181681.html
ShHT to‘lov tizimlarining mosligiga erishishda davom etadi
ShHT to‘lov tizimlarining mosligiga erishishda davom etadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vakili ShHTga a’zo mamlakatlarni Rossiya tomonidan tashkil etilayotgan malaka va kasblarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik assotsiatsiyasi tarkibiga... 16.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-16T16:34+0500
2022-08-16T16:34+0500
2022-09-13T11:02+0500
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
toshkent
shht-2022: samarqand sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787609_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_cb05366cb21f288277df528b7e644a6b.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar milliy to‘lov tizimlarining mosligiga erishishda davom etadi. Bu haqida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ma’lum qildi.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida ShHT davlatlari turli chaqiriqlarga muvaffaqiyatli dosh berishga qodirligini isbotladi. Hozirgi sharoitda ham mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.Shunday qilib, 2021-yilda Rossiyaning ShHT bilan tashqi savdo aylanmasi uchdan bir qismga o‘sib, 192 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu yil ham o‘sish davom etmoqda.Rossiya vakili o‘z so‘zida, shuningdek, banklar o‘rtasidagi uzluksiz operatsiyalarni ta’minlash uchun tashkilot ishtirokchilarini Rossiya moliyaviy xabarlarni uzatish tizimiga qo‘shilish taklifini berdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787609_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_c6df7f70f503ea4e5437b568332190cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), toshkent
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), toshkent
ShHT to‘lov tizimlarining mosligiga erishishda davom etadi
16:34 16.08.2022 (yangilandi: 11:02 13.09.2022) Rossiya vakili ShHTga a’zo mamlakatlarni Rossiya tomonidan tashkil etilayotgan malaka va kasblarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik assotsiatsiyasi tarkibiga kirishni so‘radi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar milliy to‘lov tizimlarining mosligiga erishishda davom etadi. Bu haqida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida ShHT davlatlari turli chaqiriqlarga muvaffaqiyatli dosh berishga qodirligini isbotladi. Hozirgi sharoitda ham mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Shunday qilib, 2021-yilda Rossiyaning ShHT bilan tashqi savdo aylanmasi uchdan bir qismga o‘sib, 192 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu yil ham o‘sish davom etmoqda.
“Moliya sohasida biz milliy to‘lov tizimlarimiz to‘liq mos bo‘lishi, milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblar hajmini muttasil oshirib borishga erishishda davom etamiz”, deydi Reshetnikov.
Rossiya vakili o‘z so‘zida, shuningdek, banklar o‘rtasidagi uzluksiz operatsiyalarni ta’minlash uchun tashkilot ishtirokchilarini Rossiya moliyaviy xabarlarni uzatish tizimiga qo‘shilish taklifini berdi.
“Iqtisodiyotda kadrlar salohiyatini rivojlantirish alohida yo‘nalishdir. Shu maqsadda, Rossiya yangi tashkilot - Malaka va kasblarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik assotsiatsiyasini tuzmoqda. Rejalar yuqori standartlar va ilg‘or jahon tajribasi asosida kadrlarni jamlangan holda tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Mamlakatlaringizni assotsiatsiya tarkibida ko‘rishdan xursand bo‘lamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Reshetnikov.