https://oz.sputniknews.uz/20220816/putin-garbning-maqsadi-nima-ekanini-aytdi-27186614.html
Putin G‘arbning maqsadi nima ekanini aytdi
Putin G‘arbning maqsadi nima ekanini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Putinning ta’kidlashicha, G‘arb Rossiyaning o‘zaro xavfsizlik choralari bo‘yicha takliflarini e’tiborsiz qoldirdi. 16.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-16T17:44+0500
2022-08-16T17:44+0500
2023-04-05T18:38+0500
vladimir putin
g‘arb
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26384362_0:0:1808:1017_1920x0_80_0_0_19e9355296a89028f187199b766ae5df.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. AQSh va uning vassallari suveren davlatlarning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashadi: ular provokatsiyalar, davlat to‘ntarishlari, fuqarolar urushlarini uyushtiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha X Moskva konferensiyasi ishtirokchilari va mehmonlariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, G‘arb Rossiyaning o‘zaro xavfsizlik choralari bo‘yicha takliflarini e’tiborsiz qoldirdi. Ayni paytda NATO harbiy infratuzilmasini qurib, Sharqqa qarab harakat qilmoqda.Uning aytishicha, AUKUS (Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh) kabi agressiv harbiy-siyosiy alyanslar G‘arb tomonidan “Yevropadagi NATO bilan o‘xshashlik bo‘yicha o‘z bloklari tizimini Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga kengaytirish” maqsadida tuzilmoqda.Qayd etilishicha, AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga safari puxta rejalashtirilgan provokatsiyadir.Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari bunday xatti-harakatlari bilan fuqarolar e’tiborini o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan chalg‘itib, o‘z muvaffaqiyatsizliklarini Rossiyaga, Xitoyga o‘tkazishga harakat qilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26384362_117:0:1725:1206_1920x0_80_0_0_67b4764e51c180de2e0327a2c2040803.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, g‘arb, rossiya
vladimir putin, g‘arb, rossiya
Putin G‘arbning maqsadi nima ekanini aytdi
17:44 16.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Putinning ta’kidlashicha, G‘arb Rossiyaning o‘zaro xavfsizlik choralari bo‘yicha takliflarini e’tiborsiz qoldirdi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. AQSh va uning vassallari suveren davlatlarning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashadi: ular provokatsiyalar, davlat to‘ntarishlari, fuqarolar urushlarini uyushtiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha X Moskva konferensiyasi ishtirokchilari va mehmonlariga yo‘llagan murojaatida
ma’lum qildi. “Tahdid, shantaj va bosim orqali mustaqil davlatlarni o‘z irodasiga bo‘ysunishga, yot bo‘lgan qoidalar bo‘yicha yashashga majburlashga harakat qilishadi. G‘arbning maqsadi o‘z hukmronligini saqlab qolishdir, bu model, xuddi asrlar oldin bo‘lgani kabi, butun dunyoni parazitlashtirishga imkon beradi va bunday modelni faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin”, - dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, G‘arb Rossiyaning o‘zaro xavfsizlik choralari bo‘yicha takliflarini e’tiborsiz qoldirdi. Ayni paytda NATO harbiy infratuzilmasini qurib, Sharqqa qarab harakat qilmoqda.
“So‘z bilan aytganda, bu ikkiyuzlamachilik bilan Yevropada xavfsizlikni mustahkamlash zarurati deb e’lon qilingan, ammo aslida buning aksi bo‘lmoqda”, - deydi Rossiya rahbari.
Uning aytishicha, AUKUS (Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh) kabi agressiv harbiy-siyosiy alyanslar G‘arb tomonidan “Yevropadagi NATO bilan o‘xshashlik bo‘yicha o‘z bloklari tizimini Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga kengaytirish” maqsadida tuzilmoqda.
Qayd etilishicha, AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga safari puxta rejalashtirilgan provokatsiyadir.
“Qo‘shma Shtatlar yana ataylab olovga moy sepishga va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatni qo‘zg‘atishga urindi. Amerikaning Tayvanga nisbatan sarguzashtlari shunchaki mas’uliyatsiz bir siyosatchining sayohati emas, balki AQShning mintaqa va dunyodagi vaziyatni beqarorlashtirish va tartibsizlashtirish bo‘yicha maqsadli, ongli strategiyasining bir qismi, boshqa davlatlar suverenitetiga hurmatsizlikning namoyishi”, - deya hisoblaydi Putin.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari bunday xatti-harakatlari bilan fuqarolar e’tiborini o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan chalg‘itib, o‘z muvaffaqiyatsizliklarini Rossiyaga, Xitoyga o‘tkazishga harakat qilmoqda.