https://oz.sputniknews.uz/20220816/mirziyoev-putin-bilan-telefon-orqali-suhbatlashdi-etakchilar-nimalarni-muhokama-qilishdi-27196097.html
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari, eng avvalo, amaliy sheriklikni aniq, sifatli mazmun bilan boyitish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish... 16.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-16T17:52+0500
2022-08-16T17:52+0500
2022-08-16T17:58+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005145_0:54:1281:774_1920x0_80_0_0_5b7343d1f18f981b386e27bca4a8e482.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqishdi, mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashishdi.Mirziyoyev va Putin oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, xususan, O‘zbekiston va Rossiyaning hududlari va tadbirkorlari darajasidagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratishdi.Shuningdek, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Davlat rahbarlari joriy yil sentabr oyida Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga alohida to‘xtaldilar.Joriy yilning yetti oyida tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Ayni paytda savdo ko‘rsatkichlarining o‘sishi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish hisobiga ta’minlanmoqda. Hududlar o‘rtasida faol va samarali almashinuvlar amalga oshirilmoqda, shu yilning kuzida uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish rejalashtirilgan. Muhim investitsion loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlar davom ettirilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005145_92:0:1169:808_1920x0_80_0_0_7380b9f1094c9af89b22f35a52a557bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, vladimir putin
siyosat, shavkat mirziyoyev, vladimir putin
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi
17:52 16.08.2022 (yangilandi: 17:58 16.08.2022) Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari, eng avvalo, amaliy sheriklikni aniq, sifatli mazmun bilan boyitish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhimligini ta’kidlashdi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqishdi, mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashishdi.
Mirziyoyev va Putin oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, xususan, O‘zbekiston va Rossiyaning hududlari va tadbirkorlari darajasidagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratishdi.
"Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari, eng avvalo, amaliy sheriklikni aniq, sifatli mazmun bilan boyitish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish orqali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdilar", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Davlat rahbarlari joriy yil sentabr oyida Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga alohida to‘xtaldilar.
Joriy yilning yetti oyida tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Ayni paytda savdo ko‘rsatkichlarining o‘sishi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish hisobiga ta’minlanmoqda. Hududlar o‘rtasida faol va samarali almashinuvlar amalga oshirilmoqda, shu yilning kuzida uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish rejalashtirilgan. Muhim investitsion loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlar davom ettirilmoqda.