https://oz.sputniknews.uz/20220816/maymun-chechagi-virusiga-keng-jamoatchilik-takliflari-asosida-qayta-nom-beriladi---jsst-27182398.html
Maymun chechagi virusiga keng jamoatchilik takliflari asosida qayta nom beriladi - JSST
Maymun chechagi virusiga keng jamoatchilik takliflari asosida qayta nom beriladi - JSST
Sputnik O‘zbekiston
Tashkilotning viruslarga nom berish vakolatidan keng jamoatchilik ham foydalanishi mumkin - tafsilotlar. 16.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-16T16:59+0500
2022-08-16T16:59+0500
2022-08-16T16:59+0500
dunyoda
maymun chechagi
virus
jsst
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0e/26178074_0:143:3137:1907_1920x0_80_0_0_df9b370cd0e3b3be2d14790bc6fdf2c8.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi virusi nomini o‘zgartirish bo‘yicha keng jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi.Qayd etilishicha, bunga olimlar va tibbiyot mutaxassislari tomonidan mazkur xastalik noto‘g‘ri nomlanganiga doir takroriy e’tirozlar sabab bo‘lgan.Aslida, viruslarga nom berish JSST vakolatiga kiradi. Biroq bu gal odamlarga onlayn portal orqali o‘z takliflarini yetkazishi uchun imkoniyat yaratildi.Maymun chechagining Kongo havzasi versiyasi endi "I tur", G‘arbiy Afrika varianti esa “II tur” deb ataladigan bo‘ldi.Virusning o‘ziga esa keng jamoatchilik takliflari asosida yaqin istiqbolda qayta nom berilishi kutilyapti.Ma’lumot uchun, maymun chechagi atamasi 1958-yilda istilohga kiritilgan. Virusning asosiy variantlari ular keng tarqalgan geografik hududlarga qarab nomlangan.Biroq zamonaviy amaliyotga ko‘ra, yangi aniqlangan viruslar, infeksiyalar mutatsiyalari va ular bilan bog‘liq kasalliklar atamalari madaniy, ijtimoiy, milliy, mintaqaviy, kasbiy yoki etnik jihatdan kamsituvchi mazmunga ega bo‘lmasligi zarur.Qolaversa, savdo-sotiq yoki yo‘lovchi tashish jamiyatlari faoliyati, turizm hamda hayvonot dunyosiga nisbatan munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0e/26178074_202:0:2933:2048_1920x0_80_0_0_96169563e0bfa823b639f1438eeaa468.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, maymun chechagi, virus, jsst
dunyoda, maymun chechagi, virus, jsst
Maymun chechagi virusiga keng jamoatchilik takliflari asosida qayta nom beriladi - JSST
Tashkilotning viruslarga nom berish vakolatidan keng jamoatchilik ham foydalanishi mumkin - tafsilotlar.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi virusi nomini o‘zgartirish bo‘yicha keng jamoatchilikka murojaat bilan
chiqdi. Qayd etilishicha, bunga olimlar va tibbiyot mutaxassislari tomonidan mazkur xastalik noto‘g‘ri nomlanganiga doir takroriy e’tirozlar sabab bo‘lgan.
Aslida, viruslarga nom berish JSST vakolatiga kiradi. Biroq bu gal odamlarga onlayn portal orqali o‘z takliflarini yetkazishi uchun imkoniyat
yaratildi.Maymun chechagining Kongo havzasi versiyasi endi "I tur", G‘arbiy Afrika varianti esa “II tur” deb ataladigan bo‘ldi.
Virusning o‘ziga esa keng jamoatchilik takliflari asosida yaqin istiqbolda qayta nom berilishi kutilyapti.
Ma’lumot uchun, maymun chechagi atamasi 1958-yilda istilohga kiritilgan. Virusning asosiy variantlari ular keng tarqalgan geografik hududlarga qarab nomlangan.
Biroq zamonaviy amaliyotga ko‘ra, yangi aniqlangan viruslar, infeksiyalar mutatsiyalari va ular bilan bog‘liq kasalliklar atamalari madaniy, ijtimoiy, milliy, mintaqaviy, kasbiy yoki etnik jihatdan kamsituvchi mazmunga ega bo‘lmasligi zarur.
Qolaversa, savdo-sotiq yoki yo‘lovchi tashish jamiyatlari faoliyati, turizm hamda hayvonot dunyosiga nisbatan munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.