Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Immunitet pasayganini qanday bilish mumkin?

© Depositphotos / ZzdimUstavshiy mujchina pered kompyuterom
Ustavshiy mujchina pered kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor zaiflashgan immunitetning to‘rtta alomatini aytdi
Muntazam charchoq, tez-tez kasallikka chalinish, bitmaydigan yaralar va stress zaif immunitetning belgisi, deydi pulmonolog Tom Yadegar.
Muntazam kasallikka chalinish
Agar tez-tez kasal bo‘lib, ko‘p antibiotiklar iste’mol qilsangiz, bu immunitetiningizning yomonlashgani belgisi. Preparatlar immunitetni charchatadi.
Davomiy stress
Nerv tizimi zo‘riqishi infeksiyalar ko‘payishi xavfini oshiradi. Bu esa tez kasal bo‘lishga olib keladi. Bunday holatda davolanish muddati haftalab, hatto oylab davom etishi mumkin.
Yaralar
Yaralar paydo bo‘lganda, ularga ko‘proq oziqlantiruvchi moddalar bilan tuzatish kerak. Agar immunitet chidamli va kuchli bo‘lsa, yaralar tez bitadi. Agar qandaydir yara uzoq vaqtdan buyon bezovta qilayotgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak
Charchoq
Ba’zi odamlar nega doimiy charchoqni his qilayotganidan hayron bo‘lishadi. Ular yaxshi uxlashadi, asabiylashishmaydi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishadi. Ammo baribir kun davomida o‘zlarini charchagan his qilishadi. Doktor bu holatda tahlil topshirish va immunitet holatini tekshirishni tavsiya qiladi. Bunda ehtimol organizm infeksiyalar bilan kurashayotgan va shu sabab charchoq paydo bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0