Igor Saviskiy haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

© press-slujba Agentstva kulturnogo naslediya UzbekistanaV Uzbekistane provedut konkurs na sozdanie pamatnika Igoryu Saviskomu
V Uzbekistane provedut konkurs na sozdanie pamatnika Igoryu Saviskomu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
Badiiy akademiya Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi asoschisi Igor Saviskiy haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘istondagi davlat san’at muzeyi asoschisi, O‘zbekiston san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Igor Vitalyevich Saviskiyning haykalini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qildi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, haykal yuksak estetik talab darajasida, betakror badiiy-me’moriy yechimga va badiiy g‘oya izchilligiga ega bo‘lishi kerak.
Ijodiy tanlovda yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis haykaltaroshlar, monumental san’at sohasida hamda va zamonaviy shaharsozlikda haykallarni o‘rnatish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
Loyiha eskizlarining tanlovga mo‘ljallangan modeli ko‘chirish va uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan istalgan materialdan tayyorlanishiga ruxsat berilgan.
Haykal Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi hududida o‘rnatiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan eskiz loyihalari 2022-yilning 5-oktabriga qadar qabul qilinadi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga topshiriladi.
Ma’lumot uchun, bu yil Igor Saviskiy tavalludining 107-yilligi nishonlandi.
2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Saviskiy vafotidan keyin mamlakatning eng oliy mukofotlaridan biri – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0