Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlarini Shveysariyadan qaytarishga oid yakuniy bitim imzolandi

© Foto: O‘zbekiston Adliya vazirligiGulnora Karimovaning jinoiy aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi
Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
Bitim Gulnora Karimova boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh tomonidan noqonuniy ravishda orttirilgan va Shveysariyada legallashtirilgan 131 mln dollarning O‘zbekiston xalqiga darhol qaytarilishini anglatadi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolanganini ma’lum qildi.
Shveysariya hududida konfiskatsiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston aholisining manfaatlarida qaytarish yo‘llari to‘g‘risidagi bitimni mamlakat nomidan adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Shveysariya nomidan bu mamlakat prezidenti InyatsioKassis imzoladi.
Bitimni imzolash marosimida, shuningdek BMT vakillari, xususan BMTning Ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi ofisi ijrochi koordinatori Dj. Topping ishtirok etdi.
Bitimning imzolanishi ilgari Gulnora Karimova boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh tomonidan noqonuniy ravishda orttirilgan va Shveysariyada legallashtirilgan 131 mln dollarning Shveysariya tomonidan O‘zbekiston xalqiga darhol qaytarilishini anglatadi.
Bitim noqonuniy orrtirilgan taqriban 131 mln dollarga (taqriban 1,4 trln so‘m) teng aktivlarni O‘zbekistonga qaytarishni, noqonuniy orttirilgan aktivlarni qaytarishning asosiy prinsiplari, mexanizm va maqsadlarini belgilaydi.
Bitimga muvofiq, noqonuniy orttirilgan aktivlarni qaytarishning quyidagi asosiy prinsiplari belgilanmoqda:
- ochiqlik va oshkoralik, restitutsiya to‘g‘risidagi axborotni jamoatchilikka ochiq e’lon qilish;
- ushbu jarayonda fuqarolik jamiyatining ishtiroki;
- qaytarilgan mablag‘larni pirovardida ijtimoiy sohaga, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga yo‘naltirilishi;
- O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida restitutsiya masalalari bo‘yicha doimiy, samarali va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotning davom ettirilishi.
O‘zbekiston, Shveysariya va BMT ishtirokidagi uch tomonlama restitutsiya mexanizmiga alohida e’tibor beriladi. Restitutsiya BMTning Ko‘p-sheriklik trast jamg‘armalari tizimiga kiruvchi “Uzbekistan Vision 2030” ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.

Mavzuga oid:

Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan mablag‘lari nimalarga sarflanadi
Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga tegishli pullarning aksariyatini musodara qildi
Gulnora Karimova ishi: Parijdagi mulk sotuvidan tushgan 10 mln $ budjetga o‘tkazildi
Gulnora Karimova ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0