https://oz.sputniknews.uz/20220816/gruziyalik-mutaxassis-toshkent-fond-birjasiga-rahbar-boladi-27191881.html
Gruziyalik mutaxassis Toshkent fond birjasiga rahbar bo‘ladi
Gruziyalik mutaxassis Toshkent fond birjasiga rahbar bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Georgi Paresishvilining asosiy vazifalari biri mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining IPO va SPOlarini o‘tkazishda yordam berish bo‘ladi. 16.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-16T18:03+0500
2022-08-16T18:03+0500
2022-08-16T18:03+0500
siyosat
yangi tayinlov
toshkent fond birjasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/10/27191193_0:14:691:403_1920x0_80_0_0_53fd6bca2c21d2fa94ada9ba4dbb17fe.png
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Georgi Paresishvili Toshkent fond birjasi boshqaruv raisi bo‘ladi. Fond Kuzatuv kengashining yig‘ilishida tegishli qaror qabul qilindi.Paresishvili 2014-yildan hozirgi kungacha Gruziya fond birjasining rahbari bo‘lib kelgan, shu bilan birga Gruziya Markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariysi Kuzatuv kengashining raisi bo‘lgan.“Bank sohasida va kapital bozorida 27-yillik tajribaga ega yuqori malakali xorijiy top-menejerni jalb etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekistonning kapital bozorini rivojlantirish strategiyasining bajarilishi va amalga oshirilishi munosabati bilan qabul qilindi”, - deyilgan xabarda.Paresishvilining asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini xalqaro kapital bozori infratuzilmasiga integratsiyalash, shuningdek, mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining IPO va SPOlarini o‘tkazishda yordam berish bo‘ladi.Jumladan yangi boshqaruvchining vazifalariga quyidagilar kiradi:Georgi Paresishvili 1995-yilda Tbilisi davlat universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Tbilisidagi “Absolyut Bank”da boshlagan. 2000-2002 yillarda Michigan universiteti Stiven M. Ross biznes maktabida tahsil olgan va Biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini olgan. 2000-yildan 2005-yilgacha u London va Nyu-Yorkda Shveysariyaning eng yirik moliyaviy konglomerati Credit Suisse investitsiya bankining bo‘limi bo‘lgan Credit Suisse First Bostonda ishlagan. 2005-yildan beri Georgi Paresishvili Gruziyaning Terabank, Liberty Bank, Bank of Georgia va boshqa yetakchi banklarida boshqaruv lavozimlarda ishlagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/10/27191193_0:0:691:519_1920x0_80_0_0_66eb504ba4832914ba8819a375b1c7c6.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, yangi tayinlov, toshkent fond birjasi
siyosat, yangi tayinlov, toshkent fond birjasi
Gruziyalik mutaxassis Toshkent fond birjasiga rahbar bo‘ladi
Georgi Paresishvilining asosiy vazifalari biri mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining IPO va SPOlarini o‘tkazishda yordam berish bo‘ladi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Georgi Paresishvili Toshkent fond birjasi boshqaruv raisi bo‘ladi. Fond Kuzatuv kengashining yig‘ilishida tegishli qaror
qabul qilindi. Paresishvili 2014-yildan hozirgi kungacha Gruziya fond birjasining rahbari bo‘lib kelgan, shu bilan birga Gruziya Markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariysi Kuzatuv kengashining raisi bo‘lgan.
“Bank sohasida va kapital bozorida 27-yillik tajribaga ega yuqori malakali xorijiy top-menejerni jalb etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekistonning kapital bozorini rivojlantirish strategiyasining bajarilishi va amalga oshirilishi munosabati bilan qabul qilindi”, - deyilgan xabarda.
Paresishvilining asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini xalqaro kapital bozori infratuzilmasiga integratsiyalash, shuningdek, mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining IPO va SPOlarini o‘tkazishda yordam berish bo‘ladi.
Jumladan yangi boshqaruvchining vazifalariga quyidagilar kiradi:
ish samaradorligini oshirish
xalqaro ilg‘or tajribalar asosida listing va savdo qoidalarni takomillashtirishga doir tavsiyalar berish,
listing kompaniyalari sonini ko‘paytirish,
bozor infratuzilmasi, IT kompleksi faoliyati samradorligini oshirish maqsadida bozorning tegishli ishtirokchilari bilan yaqin hamkorlik qilish.
Georgi Paresishvili 1995-yilda Tbilisi davlat universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Tbilisidagi “Absolyut Bank”da boshlagan. 2000-2002 yillarda Michigan universiteti Stiven M. Ross biznes maktabida tahsil olgan va Biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini olgan. 2000-yildan 2005-yilgacha u London va Nyu-Yorkda Shveysariyaning eng yirik moliyaviy konglomerati Credit Suisse investitsiya bankining bo‘limi bo‘lgan Credit Suisse First Bostonda ishlagan. 2005-yildan beri Georgi Paresishvili Gruziyaning Terabank, Liberty Bank, Bank of Georgia va boshqa yetakchi banklarida boshqaruv lavozimlarda ishlagan.