https://oz.sputniknews.uz/20220815/zaporoje-aesda-sukunat-rejimi-elon-qilinishi-kerak--rogov--27143596.html
Zaporojye AESda sukunat rejimi e’lon qilinishi kerak – Rogov
Zaporojye AESda sukunat rejimi e’lon qilinishi kerak – Rogov
Sputnik O‘zbekiston
Rogov: BMT rahbariyati va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari demilitarizatsiya haqida emas, balki sukunat rejimi joriy etilishi haqida e’lon qilishi kerak. 15.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-15T15:06+0500
2022-08-15T15:06+0500
2022-08-15T15:06+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
aes
ukraina
yevropa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27058671_0:218:2867:1830_1920x0_80_0_0_6a8e2a0fd8ff4d123c969139bec8f148.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Ukraina armiyasi tomonidan doimiy ravishda o‘qqa tutilayotgan Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofida sukunat rejimi e’lon qilinishi kerak. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Bu bloklar soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Stansiyada oltita energiya bloki o‘rnatilgan.Zaporojye AES mart oyidan beri Rossiya harbiylari tomonidan qo‘riqlanadi. Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukraina qo‘shinlari atom elektr stansiyasi hududiga bir necha bor hujum qilishga uringan.5 avgustdan boshlab o‘qqa tutilish tez-tez kuzatilgan. Zarbalar oqibatida yadroviy reaktorlar zarar ko‘rmagan bo‘lsada, AESning atrofdagi infratuzilmasi, suv basseynlari jiddiy zarar ko‘rgan. Raketa bo‘laklari AESning energiya bloklaridan 400 metr masofada qulab tushgan.Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7-avgust kuni Ukraina artilleriyasi Zaporojye atom elektr stansiyasini yana o‘qqa tutgan - yuqori voltli liniya shikastlangan, shaxsiy tarkib ikkita energoblokning quvvatini kamaytirishga majbur bo‘lgan.
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27058671_67:0:2798:2048_1920x0_80_0_0_21a1dcbe5c3c82dddb7c1a891599b9af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aes, ukraina, yevropa
Zaporojye AESda sukunat rejimi e’lon qilinishi kerak – Rogov
Rogov: BMT rahbariyati va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari demilitarizatsiya haqida emas, balki sukunat rejimi joriy etilishi haqida e’lon qilishi kerak.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Ukraina armiyasi tomonidan doimiy ravishda o‘qqa tutilayotgan Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofida sukunat rejimi e’lon qilinishi kerak. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov
ma’lum qildi. “BMT rahbariyati va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari demilitarizatsiya haqida emas, balki sukunat rejimi joriy etilishi haqida e’lon qilishi, shuningdek, nafaqat uni buzganlik uchun sanksiyalar, balki atom elektr stansiyalarini o‘qqa tutganlik uchun eng qattiq sanksiyalarni ham nazarda tutishi kerak”, deb ta’kidladi Rogov.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Bu bloklar soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Stansiyada oltita energiya bloki o‘rnatilgan.
Zaporojye AES mart oyidan beri Rossiya harbiylari tomonidan qo‘riqlanadi. Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukraina qo‘shinlari atom elektr stansiyasi hududiga bir necha bor hujum qilishga uringan.
5 avgustdan boshlab o‘qqa tutilish tez-tez kuzatilgan. Zarbalar oqibatida yadroviy reaktorlar zarar ko‘rmagan bo‘lsada, AESning atrofdagi infratuzilmasi, suv basseynlari jiddiy zarar ko‘rgan. Raketa bo‘laklari AESning energiya bloklaridan 400 metr masofada qulab tushgan.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7-avgust kuni Ukraina artilleriyasi Zaporojye atom elektr stansiyasini yana o‘qqa tutgan - yuqori voltli liniya shikastlangan, shaxsiy tarkib ikkita energoblokning quvvatini kamaytirishga majbur bo‘lgan.