Xorijdan o‘qishini ko‘chirayotgan talabalarga qo‘shimcha imkoniyat berildi - tafsilotlar

© Sputnik / Aleksandr KrajevStudent
Student - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni 16-avgustga qadar tahrirlab, qaytadan yuborishlari mumkin.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Talabalarga xorijdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni tahrirlash va to‘lovni amalga oshirishlari uchun qo‘shimcha muddat berildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, bunday qulaylik ko‘p sonli talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olingan holda yaratildi.
Talabalar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq kamchiliklar sababli rad etilgan arizalarini qayta tahrirlashi va belgilangan to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
“Arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni 16-avgust 18:00 ga qadar tahrirlab, to‘lovini amalga oshirgan holda qaytadan yuborishlari kerak”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 15-iyuldan xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun talabalardan arizalarni onlayn qabul qilish jarayonlari boshlangan.
Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0