Toshkent yerusti metrosi ishlash vaqti bir soatga qisqardi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
 Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
16 avgustdan 5-sentabrga qadar "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida texnik ishlar olib boriladi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida 16-avgustdan 5-sentabrga qadar poyezdlar tungi soat 23:00ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqida “Toshkent metropoliteni” xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishidagi yo‘llarni ko‘rikdan o‘tkazish va bajaralishi lozim bo‘lgan texnik ishlar sababli ish vaqtiga o‘zgartirish kiritildi.
Ma’lumot uchun, hozirda Toshkent metrosi tongi soat 05:00 dan tungi soat 00:00 ga qadar ishlamoqda.
Poyezdlar harakati oraliq intervallari:
Chilonzor yo‘nalishi 3-4 daqiqa;
O‘zbekiston yo‘nalishi 4-5 daqiqa;
Yunusobod yo‘nalishi 7-8 daqiqa;
Halqa yo‘li 10-11 daqiqa.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent yerusti metrosining ikkinchi bosqichi doirasida beshta bekatni shu yil yakunida va qolgan ikkitasini kelgusi yil Navro‘zda ishga tushirish mo‘ljallangan. Bu orqali 62 ta mahalladagi 250 mingga yaqin aholi metropoliten bilan qamrab olinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0