Pekin Vashingtonni olov bilan o‘ynashishdan ogohlantirdi

© Sputnik / Pavel BednyakovGosudarstvenniy flag KNR, arxivnoe foto
Gosudarstvenniy flag KNR, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Kecha Tayvanga Ed Marks boshchiligidagi AQSh Kongressining besh a’zosi tashrif buyurdi. Xitoy tomoni bunga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Pekin Vashingtonni mamlakat ichki ishlariga aralashishni bas qilishga va “yagona Xitoy” siyosatiga amal qilishga chaqirmoqda, deya yozib qoldirdi Xitoy hukumatining Koreya yarimoroli bo‘yicha maxsus vakili Lyu Saomin o‘zining Twitterdagi sahifasida.
Kecha, 14-avgust kuni Tayvanga Ed Marks boshchiligidagi AQSh Kongressining besh a’zosi tashrif buyurdi, ular orolda 15-avgustgacha qoladi. Lyu Saomin AQSh kongressmenlarining Tayvanga navbatdagi safarini shunday izohladi:

“Bu olov bilan o‘ynashishga o‘xshash juda xavfli harakat. Olov bilan o‘ynashganlar halok bo‘ladi. Biz manfaatdor davlatlarni “Yagona Xitoy” siyosatiga rioya qilishga, Tayvan bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘ri hal qilishga hamda Pekinning ichki ishlariga aralashishni bas qilishga chaqiramiz”, - dedi Lyu Saomin.

Shuningdek, u Xitoyning birlashishiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan har bir kishi mamlakatdagi 1,4 milliarddan ortiq aholi qo‘li bilan qurilgan “buyuk po‘lat devor”ga duch kelishini qo‘shimcha qildi.
Tayvan atrofidagi vaziyat AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining yaqinda qilgan safaridan keyin keskinlashdi — u so‘nggi 25-yil ichida orolga tashrif buyurgan eng yuqori martabali amerikalik amaldorga aylandi.
Orolga tashrif Tayvan bo‘g‘ozidagi keskinlikning yangi bosqichiga turtki bo‘ldi. 4-avgustdan beri Xitoy armiyasi Tayvan qirg‘oqlarida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, Pekin Pelosining o‘ziga, uning qarindoshlariga hamda Tayvanning ikkita jamg‘armasiga qarshi sanksiyalar kiritgan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi tashrifining barcha salbiy oqibatlari uchun javobgarlik Vashington va Taybeyga yuklangan.
Xitoy Tayvan suverenitetini tan olmaydi, uni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi hamda orolning boshqa davlatlar rasmiylari va harbiylari bilan har qanday aloqasiga qat’iyan qarshi chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0