https://oz.sputniknews.uz/20220815/oq-uy-suveren-davlatlarda-olib-borilayotgan-tergovga-aralashmasligi-kerak--zaxarova-27143423.html
Oq uy suveren davlatlarda olib borilayotgan tergovga aralashmasligi kerak – Zaxarova
Oq uy suveren davlatlarda olib borilayotgan tergovga aralashmasligi kerak – Zaxarova
Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova AQSh prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning Oq uy Trampdan maxfiy hujjatlar topilishi bo‘yicha tergovga aralashmasligi haqidagi bayonotiga izoh berdi. 15.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-15T17:27+0500
2022-08-15T17:27+0500
2022-08-15T17:27+0500
rossiya
mariya zaxarova
aqsh
donald tramp
jo bayden
oq uy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26396205_0:0:3377:1901_1920x0_80_0_0_8208ed8974cfaa99ba688dc973db590a.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari suveren davlatda olib borilayotgan har qanday tergovga aralashmasligi kerak. Chunki Oq uy sobiq prezident Donald Trampning tergoviga aralashmaydi. Bu haqda bugun Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.Shu tariqa Zaxarova AQSh prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning Oq uy Trampdan maxfiy hujjatlar topilishi bo‘yicha tergovga aralashmasligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.Tramp o‘tgan hafta uning Mar-a-Lagodagi uyida FQB xodimlari tomonidan reyd o‘tkazilganini aytgan edi. Sobiq prezidentning qo‘shimcha qilishicha, FQB xodimlari tintuvlar chog‘ida hech kimga, jumladan, advokatlarga ham ruxsat bermagan.“Wall Street Journal”ning yozishicha, sobiq prezidentning mulkida tintuv o‘tkazish chog‘ida FQB xodimlari 11 ta maxfiy hujjatlar to‘plamini, shuningdek, hujjatlar, fotosuratlar va eslatmalar solingan 20 ga yaqin qutilarni olib qo‘ygan. Musodara qilingan hujjatlar orasida Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounning avf etilishi haqidagi farmon ham bor edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26396205_179:0:2910:2048_1920x0_80_0_0_4e8e6a43da07f3468c3a227799505dd5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, mariya zaxarova, aqsh, donald tramp, jo bayden, oq uy
rossiya, mariya zaxarova, aqsh, donald tramp, jo bayden, oq uy
Oq uy suveren davlatlarda olib borilayotgan tergovga aralashmasligi kerak – Zaxarova
Zaxarova AQSh prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning Oq uy Trampdan maxfiy hujjatlar topilishi bo‘yicha tergovga aralashmasligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari suveren davlatda olib borilayotgan har qanday tergovga aralashmasligi kerak. Chunki Oq uy sobiq prezident Donald Trampning tergoviga aralashmaydi. Bu haqda bugun Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining
Telegram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
Shu tariqa Zaxarova AQSh prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning Oq uy Trampdan maxfiy hujjatlar topilishi bo‘yicha tergovga aralashmasligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.
“Unda nega u boshqa tergovlarga aralashadi? Oq uy va Davlat departamenti boshqa suveren davlatlarda olib borilayotgan tergovga aralashmasligi kerak, chunki Amerika tergovlariga hech kim aralashmaydi”, - dedi Zaxarova.
Tramp o‘tgan hafta uning Mar-a-Lagodagi uyida FQB xodimlari tomonidan reyd o‘tkazilganini aytgan edi. Sobiq prezidentning qo‘shimcha qilishicha, FQB xodimlari tintuvlar chog‘ida hech kimga, jumladan, advokatlarga ham ruxsat bermagan.
“Wall Street Journal”ning yozishicha, sobiq prezidentning mulkida tintuv o‘tkazish chog‘ida FQB xodimlari 11 ta maxfiy hujjatlar to‘plamini, shuningdek, hujjatlar, fotosuratlar va eslatmalar solingan 20 ga yaqin qutilarni olib qo‘ygan. Musodara qilingan hujjatlar orasida Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounning avf etilishi haqidagi farmon ham bor edi.