Jazoni ijro etish tizimi xodimlari bodikameralar bilan ta’minlanadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Bodikamera xodim xizmat vazifasini bajarishga kirishganidan boshlab ishga tushirilishi va naradni topshirguniga qadar ishlatilishi lozim.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Har kunlik ish faoliyatini olib borayotgan yoki kunlik xizmatga jalb etilgan jazoni ijro etish tizimi xodimlari bodikameralar bilan ta’minlanadi. Bu haqida hukumatning 445-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.
Hujjatda xodimlarning xizmatni bodikameralar bilan o‘tash tartibi belgilandi.
Yangi tartib mahkumlarni uzluksiz nazorat qilish hamda ular tomonidan jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilishini aniqlash uchun yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bodikamera quyidagi hollarda ishlatiladi:
kun tartibidagi tadbirlarni amalga oshirishda;
umumiy va kunlik tintuvlar o‘tkazish hamda ko‘zdan kechirish jarayonida;
mahkumlarni JIEMga qabul qilishda;
jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilganda;
mahkumlarning xulq-atvorini nazorat qilishda;
mahkumlardan taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar olinganda;
mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch, maxsus vositalar hamda tinchlantirish ko‘ylagini qo‘llash chog‘ida;
mahkumlarni ishga olib chiqish va undan qaytishda;
mahkumlar va fuqarolarni qabul qilish jarayonida;
fuqarolardan olingan yo‘qlovlarni qabul qilishda hamda posilka yoki yo‘qlov va banderollarni tarqatish vaqtida;
mahkumlarning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqishda;
mahkumlarning uchrashuvlarini o‘tkazish jarayonida;
mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo va rag‘batlantirish choralari qo‘llanilayotgan vaqtda hamda mahkumlar intizomiy bo‘linmaga kiritilayotganda va chiqarilayotganda;
mahkumlarning insonparvarlik dalolatnomalarini ko‘rib chiqish davrida.
Bodikamera xodim xizmat vazifasini bajarishga kirishganidan boshlab ishga tushirilishi va naradni topshirguniga qadar ishlatilishi lozim.
Bunday tartib xizmat vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarish vaqti tadbiq etilmaydi.
Xizmat vazifasini bajarish davomida bodikameraning obyektivi har qanday holatda to‘silishi mumkin emas.
Bodikameradan shaxsiy maqsadlarda foydalanish, uni boshqa xodimlar, mahkumlar va boshqa shaxslarga berish hamda o‘z xohishi bilan o‘chirib qo‘yish taqiqlanadi. Bodikamera xizmat vaqtida doimo ishchi holatda bo‘lishi shart.
Mahkum tomonidan xodimga xizmat davomida berilgan bodikameraga ziyon yetkazish, uni olib qo‘yishga urinish taqiqlanadi.
Shuningdek, mahkumlar bilan bodikamera orqali yozib olingan suhbatlarni Internetga joylashtirish, mahkumning oila a’zolariga va boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0