https://oz.sputniknews.uz/20220815/garb-ukraina-ortiga-pichoq-urishi-mumkin--the-guardian--27148987.html
G‘arb Ukraina “ortiga pichoq urishi” mumkin – “The Guardian”
G‘arb Ukraina “ortiga pichoq urishi” mumkin – “The Guardian”
Sputnik O‘zbekiston
Tisdallning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan urush qilmaslikdan xavotirda, London esa “Vashingtonning jang qilishdan bosh tortishi ortida yashirinmoqda”. 15.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-15T18:55+0500
2022-08-15T18:55+0500
2023-04-05T18:38+0500
dunyoda
yevropa
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23828656_0:124:3202:1925_1920x0_80_0_0_559d5c42f41d3bfb3ff041b5fad46b57.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Energiya va oziq-ovqat narxlarining oshishi oqibatlaridan vahimaga tushgan Yevropa shu qishning o‘zida Ukrainaga xiyonatkor zarba berishi mumkin. Bu haqda Saymon Tisdall “The Guardian” gazetasi uchun yozgan.Jurnalist shuningdek, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning aprel oyidagi nutqini aldamchi deb atagan, chunki u Rossiyadan Qrimdan chiqib ketishni va 2014-yilgacha mavjud bo‘lgan chegaralarga chekinishni talab qilgan.Tisdallning fikricha, aslida Qo‘shma Shtatlar faqat Rossiya bilan urush qilmaslikdan xavotirda, London esa “Vashingtonning jang qilishdan bosh tortishi ortida yashirinmoqda”. Muallifga ko‘ra, boshqa Yevropa davlatlari ham o‘zini shunday tutmoqda: Germaniya, Fransiya va Italiya.Uning xulosasiga ko‘ra, YeI qaysidir nuqtada Ukrainani Yevropaning iqtisodiy og‘rig‘ini yengillashtirish uchun Rossiya bilan vaqtinchalik tinchlik bitimini imzolashga majbur qilishi mumkin.Joriy yil 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rasmiylari tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
yevropa
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23828656_237:0:2966:2047_1920x0_80_0_0_00ecbcb356ad24ab7a8a455bdd463564.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, yevropa, ukraina, rossiya
dunyoda, yevropa, ukraina, rossiya
G‘arb Ukraina “ortiga pichoq urishi” mumkin – “The Guardian”
18:55 15.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Tisdallning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan urush qilmaslikdan xavotirda, London esa “Vashingtonning jang qilishdan bosh tortishi ortida yashirinmoqda”.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Energiya va oziq-ovqat narxlarining oshishi oqibatlaridan vahimaga tushgan Yevropa shu qishning o‘zida Ukrainaga xiyonatkor zarba berishi mumkin. Bu haqda Saymon Tisdall “The Guardian” gazetasi uchun
yozgan. “Hozir noqulay, hatto tashvishli savol tug‘ilmoqda: ukrainaliklar bu qishda orqadan pichoq urishlariga tayyor bo‘lishi kerakmi?”, deydi u.
Jurnalist shuningdek, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning aprel oyidagi nutqini aldamchi deb atagan, chunki u Rossiyadan Qrimdan chiqib ketishni va 2014-yilgacha mavjud bo‘lgan chegaralarga chekinishni talab qilgan.
“Trass aqldan ozgan generalissimusga o‘xshab, “Biz Rossiyani Ukrainadan faolroq ravishda siqib chiqarishda davom etamiz” deb va’da berdi. “Biz” bu kim?” deb yozadi kuzatuvchi.
Tisdallning fikricha, aslida Qo‘shma Shtatlar faqat Rossiya bilan urush qilmaslikdan xavotirda, London esa “Vashingtonning jang qilishdan bosh tortishi ortida yashirinmoqda”. Muallifga ko‘ra, boshqa Yevropa davlatlari ham o‘zini shunday tutmoqda: Germaniya, Fransiya va Italiya.
Uning xulosasiga ko‘ra, YeI qaysidir nuqtada Ukrainani Yevropaning iqtisodiy og‘rig‘ini yengillashtirish uchun Rossiya bilan vaqtinchalik tinchlik bitimini imzolashga majbur qilishi mumkin.
Joriy yil 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rasmiylari tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.