https://oz.sputniknews.uz/20220815/afgonistonning-sobiq-prezidenti-nima-uchun-qochib-ketganini-tushuntirdi--27130732.html
Afg‘onistonning sobiq prezidenti nima uchun qochib ketganini tushuntirdi
Afg‘onistonning sobiq prezidenti nima uchun qochib ketganini tushuntirdi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, dastlab u mamlakatni tark etish niyatida bo‘lmagan. 15.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-15T11:16+0500
2022-08-15T11:16+0500
2022-08-15T11:16+0500
dunyoda
afg‘oniston
tolibon
ashraf g‘ani
kobul
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20088384_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_d69b6f750b8369ac3abdbc87f16d505b.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani bir yil avval “Tolibon”* tomonidan mamlakat prezidenti kamsitilishi va yangi hukumatni qonuniylashtiradigan hujjat imzolashga majburlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Afg‘onistondan qochib ketgan. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.“Tolibon”* o‘tgan yilning 15-avgustida Kobulga kirib, Afg‘onistonni nazorat ostiga oldi. Shundan so‘ng mamlakatni tark etgan G‘ani to‘satdan ketib qolgani uchun tanqid qilindi.Afg‘oniston sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, dastlab u mamlakatni tark etish niyatida bo‘lmagan. G‘ani ketayotganda pasporti yonida bo‘lgan-bo‘lmagani haqidagi savolga ham rad javobini bergan. U, shuningdek, katta miqdorda pul olib qochib ketgani haqidagi xabarlarni rad etgan.2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon”* afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi.* Harakat terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyasi ostida
kobul
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20088384_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_af96674e4385c5d05f808c25b4bd3759.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston, tolibon, ashraf g‘ani, kobul, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
dunyoda, afg‘oniston, tolibon, ashraf g‘ani, kobul, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
Afg‘onistonning sobiq prezidenti nima uchun qochib ketganini tushuntirdi
Afg‘oniston sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, dastlab u mamlakatni tark etish niyatida bo‘lmagan.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani bir yil avval “Tolibon”* tomonidan mamlakat prezidenti kamsitilishi va yangi hukumatni qonuniylashtiradigan hujjat imzolashga majburlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun
Afg‘onistondan qochib ketgan. Bu haqda uning o‘zi
ma’lum qildi. “Tolibon”* o‘tgan yilning 15-avgustida Kobulga kirib, Afg‘onistonni nazorat ostiga oldi. Shundan so‘ng mamlakatni tark etgan G‘ani to‘satdan ketib qolgani uchun tanqid qilindi.
“Ketishimga sabab, men “Tolibon”* va ularning tarafdorlariga Afg‘oniston prezidentini yana bir bor haqorat qilish va hukumatning qonuniyligi haqidagi hujjatni imzolashga majbur qilish zavqini berishni istamaganim edi. Men hech qachon qo‘rqmaganman”, - dedi G‘ani CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Afg‘oniston sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, dastlab u mamlakatni tark etish niyatida bo‘lmagan. G‘ani ketayotganda pasporti yonida bo‘lgan-bo‘lmagani haqidagi savolga ham rad javobini bergan. U, shuningdek, katta miqdorda pul olib qochib ketgani haqidagi xabarlarni rad etgan.
2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon”* afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini
e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi.
* Harakat terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyasi ostida