https://oz.sputniknews.uz/20220814/ramzan-qodirov-27113570.html
Ramzan Qodirov G‘arbga murojaat qildi
Ramzan Qodirov G‘arbga murojaat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Checheniston rahbari G‘arb mamlakatlariga Rossiya bilan do‘stlashishni o‘rganishni tavsiya qildi. 14.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-14T13:31+0500
2022-08-14T13:31+0500
2023-04-05T18:38+0500
rossiya
ramzan qodirov
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0e/27113537_0:0:1233:694_1920x0_80_0_0_63c0c6d8cb9a8b8e791214dc274a4e15.jpg
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov G‘arb siyosatchilariga murojaat qilib, ularga Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb dunyosi haligacha bir narsani anglay olmayapti: zamonaviy Rossiya allaqachon “Gorbachov ittifoq respublikalari” va “fitna, taqchillik va defoltda qurilgan Yelsin hududi” bo‘lmay qolgan.Checheniston rahbari Rossiya do‘stlashishni biladigan va dunyo mamlakatlari orasida eng yaxshi do‘st ekanini qayd etgan. U Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning "agar kimda kim mamlakatdan biror narsani uzib olmoqchi bo‘lsa, o‘zi tishsiz qolishi" haqidagi gaplarini eslatgan.“Rossiya bilan do‘stlashishni o‘rganing – tishlaringiz esa butunligicha qoladi”, - deya xulosa qilgan Qodirov.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0e/27113537_29:0:1186:868_1920x0_80_0_0_4772c72480048335a9d650c25d23f109.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ramzan qodirov, g‘arb
rossiya, ramzan qodirov, g‘arb
Ramzan Qodirov G‘arbga murojaat qildi
13:31 14.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Checheniston rahbari G‘arb mamlakatlariga Rossiya bilan do‘stlashishni o‘rganishni tavsiya qildi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov G‘arb siyosatchilariga murojaat qilib, ularga Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb dunyosi haligacha bir narsani anglay olmayapti: zamonaviy Rossiya allaqachon “Gorbachov ittifoq respublikalari” va “fitna, taqchillik va defoltda qurilgan Yelsin hududi” bo‘lmay qolgan.
“Bu allachaqon kuchli va qudratli Rossiya, va siz, G‘arb siyosatchilari, Rossiya Federatsiyasini barbod qilish strategiyasini emas, balki G‘arb tomonidan talangan va kamsitilgan mamlakatdan 20-yildan oshiqroq vaqt ichida qudratli siyosiy tartibli, strategik maqsadlarni inobatga olgan holda yangidan tuzilgan, toblangan va bukilmaydigan davlatga aylangan mamlakat bilan hamkorlik qilish munosabatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak”, - dedi yozdi Qodirov o‘zining telegram kanalida.
Checheniston rahbari Rossiya do‘stlashishni biladigan va dunyo mamlakatlari orasida eng yaxshi do‘st ekanini qayd etgan. U Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning "agar kimda kim mamlakatdan biror narsani uzib olmoqchi bo‘lsa, o‘zi tishsiz qolishi" haqidagi gaplarini eslatgan.
“Rossiya bilan do‘stlashishni o‘rganing – tishlaringiz esa butunligicha qoladi”, - deya xulosa qilgan Qodirov.