O‘zbekistonda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishXirurgi vo vremya operatsii
Xirurgi vo vremya operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakatda "Transplantologiya" va "Kardioxirurgiya" mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinatura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olish yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilidan ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy o‘quv yilidan akademik B.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida "Transplantologiya" va "Kardioxirurgiya" mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olish yo‘lga qo‘yiladi.
Muassasalarga sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan mahalliy va xalqaro tajribaga asoslangan holda ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv dasturlari tuzish topshirig‘i berildi.
"Kardioxirurgiya" va "Transplantologiya" mutaxassisliklarining murakkabligini hisobga olgan holda ularga faqatgina "Xirurgiya" bo‘yicha magistratura yoki "Umumiy xirurgiya" klinik ordinatura (rezidentura)ni bitirgan mutaxassislar hujjat topshira oladi.
Nomzodlar umumiy tanlov asosida qabul qilinishi belgilangan bo‘lib, bu yo‘nalishlarda amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni 3-yil davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil sentabrida prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga oldiga O‘zbekistonda organlar transplantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarni rivojlantirish vazifasini qo‘ygan edi. Mamlakatda yiliga 500 nafar bemor jigar, 1 ming 500 nafar kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligini bildirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0