https://oz.sputniknews.uz/20220813/medvedev-evropa-aeslarida-ham-baxtsiz-hodisalar-bolishi-mumkinligini-eslatib-qoydi-27101084.html
Medvedev Yevropa AESlarida ham "baxtsiz hodisalar" bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘ydi
Medvedev Yevropa AESlarida ham "baxtsiz hodisalar" bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Eng mudhish ishlar amalga oshishi mumkin bo‘lgan holatda, buning "oqibatlari" Yevropa uchun qimmatga tushishini eslatib qo‘yish kerak. 13.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-13T17:32+0500
2022-08-13T17:32+0500
2022-08-13T18:01+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dmitriy medvedev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/17/23506674_0:0:2763:1554_1920x0_80_0_0_e564ff49d9223523842d44b2ed482273.jpg
TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Zaporojye atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishiga va Kiyevning bahonalariga munosabat bildirdi. “Dastlab ular bu Rossiya, deyishga urinib ko‘rishdi, lekin bunga BMT va hatto G‘arbning ahmoq rusofob jamoatchiligi ham ishonmadi. Keyin bu "tasodifan sodir bo‘ladi, aslida biz buni xohlamagandik" degan izohlar paydo bo‘ldi. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosarining ushbu gaplarini ayrim yuragi toza to‘stlar noto‘g‘ri yo‘l deb tushunishlari mumkin, lekin bugungi mavjud sharoitda - bu yagona yo‘l, deb yozadi RT nashri. Chunki Yevropa hozir o‘zini go‘yoki hech narsani sezmayotgandek qilib ko‘rsatishni ma’qul ko‘rmoqda. Vaholanki ularning Ukrainani bunday harakatlarni to‘xtatishga majburlash imkoni bor. Eng mudhish ssenariy amalga oshishi mumkin bo‘lgan holatda, buning "oqibatlari" Yevropa uchun qimmatga tushishini eslatib qo‘yish kerak, xolos.Bu gaplardan so‘ng Yevropa ayyuhannos solib qichqirishi va dahshatli jazolar bilan tahdid qila boshlashiga biz allaqachon befarq bo‘lib qolganmiz. Biz shunchaki mumkin bo‘lgan yadroviy fojeaning oldini olish haqida gapirapmiz. Kiyevga ta’sir o‘tkazadiganlar o‘z imkonidan foydalanmasa - ularni majburlash kerak.Lekin eng ishonchli yo‘li, bu - Zaporojye viloyati hududini to‘liq egallab olish bo‘ladi. Bu haqda shu kungacha orttirgan tajribamio‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmoqda: Ukraina askarlari biror narsaga o‘q uzishi mumkin bo‘lsa, ular unga o‘q uzadilar. Ularni yo chekinishga majbur qilish kerak yoki bo‘lmasa artilleriya samolyotlarimiz tomonidan yerga ko‘mib tashlaganda to‘xtaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/17/23506674_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_09d61dbeeb9e3587d74ad67954d131c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dmitriy medvedev
Medvedev Yevropa AESlarida ham "baxtsiz hodisalar" bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘ydi
17:32 13.08.2022 (yangilandi: 18:01 13.08.2022) Eng mudhish ishlar amalga oshishi mumkin bo‘lgan holatda, buning "oqibatlari" Yevropa uchun qimmatga tushishini eslatib qo‘yish kerak.
TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Zaporojye atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishiga va Kiyevning bahonalariga munosabat
bildirdi. “Dastlab ular bu Rossiya, deyishga urinib ko‘rishdi, lekin bunga BMT va hatto G‘arbning ahmoq rusofob jamoatchiligi ham ishonmadi. Keyin bu "tasodifan sodir bo‘ladi, aslida biz buni xohlamagandik" degan izohlar paydo bo‘ldi.
Agar bu o‘qqa tutishlar tasodifiy bo‘lsa, unda Yevropada ham atom stansiyalari borligini va ularda ham tasodifiy “halokatlar sodir bo‘lishi mumkinligi” eslatib qo‘ymoqchiman - dedi Medvedev.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosarining ushbu gaplarini ayrim yuragi toza to‘stlar noto‘g‘ri yo‘l deb tushunishlari mumkin, lekin bugungi mavjud sharoitda - bu yagona yo‘l, deb
yozadi RT nashri.
Chunki Yevropa hozir o‘zini go‘yoki hech narsani sezmayotgandek qilib ko‘rsatishni ma’qul ko‘rmoqda. Vaholanki ularning Ukrainani bunday harakatlarni to‘xtatishga majburlash imkoni bor. Eng mudhish ssenariy amalga oshishi mumkin bo‘lgan holatda, buning "oqibatlari" Yevropa uchun qimmatga tushishini eslatib qo‘yish kerak, xolos.
Bu gaplardan so‘ng Yevropa ayyuhannos solib qichqirishi va dahshatli jazolar bilan tahdid qila boshlashiga biz allaqachon befarq bo‘lib qolganmiz. Biz shunchaki mumkin bo‘lgan yadroviy fojeaning oldini olish haqida gapirapmiz. Kiyevga ta’sir o‘tkazadiganlar o‘z imkonidan foydalanmasa - ularni majburlash kerak.
Lekin eng ishonchli yo‘li, bu - Zaporojye viloyati hududini to‘liq egallab olish bo‘ladi. Bu haqda shu kungacha orttirgan tajribamio‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmoqda: Ukraina askarlari biror narsaga o‘q uzishi mumkin bo‘lsa, ular unga o‘q uzadilar. Ularni yo chekinishga majbur qilish kerak yoki bo‘lmasa artilleriya samolyotlarimiz tomonidan yerga ko‘mib tashlaganda to‘xtaydi.