ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ARMI-2022: O‘zbekiston jamoasining tank biatlonida ishtiroki boshlandi - video

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbekskie tankisti ispitali tanki pered sorevnovaniyem
Uzbekskie tankisti ispitali tanki pered sorevnovaniyem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi ishtirokidagi poyga Moskva vaqti bilan soat 12:00da (O‘zbekistonda 14:00) boshlanadi.
TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Moskva viloyati Alabino poligonida ArMI-2022 xalqaro harbiy armiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tayotgan "Tank biatloni" musobaqasida O‘zbekiston jamoasi bugun o‘z ishtirokini boshlaydi.
Tank biatloni musobaqasining birinchi bo‘limi - "Individual poyga” 13-avgust kuni boshlanadi. Uning birinchi divizionida ishtirok etayotgan O‘zbekiston jamoasi Venesuela, Vyetnam va Qozog‘iston jamoalariga bilan bellashuvga kirishadi.
O‘zbekiston jamoasi ishtirokidagi poyga Moskva vaqti bilan soat 12:00da (O‘zbekistonda 14:00) boshlandi. Ushbu poyga onlayn translyatsiyalarini Rossiya Mudofaa vazirligi va "Zvezda" telekanali sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.
Bu yil Tank biatloni musobaqasida jami 21 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ular o‘tgan 2021-yildagi musobaqa natijalariga ko‘ra ikki divizionga bo‘lingan.
Birinchi divizionga 10 ta jamoa kirdi: Ozarbayjon, Belarus, Venesuela, Vetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Rossiya va O‘zbekiston.
Ikkinchi divizionda Abxaziya, Armaniston, Zimbabve, Eron, Laos, Mali, Manma, Suriya, Sudan, Tojikiston va Janubiy Osetiya terma jamoalari kuch sinashadi.
Yakuniy estafeta o‘yinlarining yopilish kuni, 27-avgust kuni Alabino poligonida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0