https://oz.sputniknews.uz/20220812/shht-ayollar-forumi-toshkentda-kochirildi-27065572.html
ShHT ayollar forumi Toshkentda ko‘chirildi
ShHT ayollar forumi Toshkentda ko‘chirildi
Shanxay hamkorlik tashkiloti ayollar forumi avval rejlashtirilganidek Samarqandda emas, Toshkentda o‘tkaziladi. 12.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-12T11:39+0500
2022-08-12T11:39+0500
2022-09-13T11:04+0500
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
ayollar
toshkent
shht-2022: samarqand sammiti
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787587_0:265:2700:1784_1920x0_80_0_0_fd3d82f3efd07408a112d0c877094e79.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkentda 19-avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Oliy Majlis Senati xabar berdi.Avvalroq ushbu forumni 18-19 avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tkazish ma’lum qilingandi. Senat xabariga ko‘ra, forum Toshkent shahrida o‘tkaziladi.Ta’kidlanishicha, forum ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida barqaror rivojlanish maqsadlarining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va gender tengligini ta’minlash, tashkilot makonida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish sohasida tajriba almashish maqsadida o‘tkazilmoqda.Ma’lumot uchun, ShHT 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo hisbolanadi.Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.O‘tgan yili sentabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar hamda Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan.Bu yil Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi. Hozirda O‘zbekiston tashkilotga raislik qilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787587_0:12:2700:2037_1920x0_80_0_0_dc9ad2eba9af4d57ed0b8d67363f3dfa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), ayollar, toshkent
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), ayollar, toshkent
ShHT ayollar forumi Toshkentda ko‘chirildi
11:39 12.08.2022 (yangilandi: 11:04 13.09.2022) Shanxay hamkorlik tashkiloti ayollar forumi avval rejlashtirilganidek Samarqandda emas, Toshkentda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkentda 19-avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Oliy Majlis Senati xabar
berdi. Avvalroq ushbu forumni 18-19 avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tkazish ma’lum qilingandi. Senat xabariga ko‘ra, forum Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, forum ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida barqaror rivojlanish maqsadlarining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va gender tengligini ta’minlash, tashkilot makonida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish sohasida tajriba almashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida biznes-konferensiya, ayol tadbirkorlar ishtirokida B2B muhokamalar, milliy an’analarimizni namoyon etuvchi ko‘rgazmali dasturlar tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, ShHT 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo hisbolanadi.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
O‘tgan yili sentabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar hamda Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan.
Bu yil Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi. Hozirda O‘zbekiston tashkilotga raislik qilmoqda.