O‘zbekistonda QR-kod orqali to‘lovlar ommaviylashmoqda - Markaziy bank

© SB UzbekistanaDialog Sentralnogo banka s blogerami
Dialog Sentralnogo banka s blogerami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
2022 yil 1-iyun holatiga katta yoshli aholining 66,4 foizi bank hisobvaraqlariga ega - Markaziy bank.
TOShKENT, 12 avg - Sputnik. O‘zbekistonda ko‘ra mobil ilova va QR-kodlar orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar ommaviylashmoqda. Bu haqida Markaziy bankda jurnalistlar va blogerlar bilan media-muloqotda ma’lum qildi.
Tahlillar mamlakatimizda bank kartasi va to‘lov terminalidan bevosita foydalanmasdan, yetkazilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mobil ilova dasturlari yordamida QR-kod orqali tezkor to‘lovlarni amalga oshirish ommalashib borayotganini ko‘rsatmoqda, deyiladi xabarda.
Xususan, 2021-yilda “QR-online” axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga taqdim qilingan QR-kodlar soni 2020-yilga nisbatan qariyb 1,5 barobarga ortib, 92 ming donaga yetdi.
Shuningdek Markaziy bank, katta yoshli aholining yarmidan ko‘p bank hisobvaraqalariga ega ekanini ham aytib o‘tdi.

Bank depozitlari milliy axborotlar bazasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 1-iyun holatiga katta yoshli aholining 66,4 foizi bank hisobvaraqlariga ega, - deyiladi xabarda.

2022 yil 12-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida sohaviy media-maktablar doirasida OAV vakillari va blogerlar uchun “Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda zamonaviy yangi tizim – afzallik va imkoniyatlar” mavzusida media-muloqot tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olib, mavzu yuzasidan o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yangiliklar lentasi
0