https://oz.sputniknews.uz/20220812/nursulton-nazarboev-markaziy-osiyodagi-eng-katta-masjidni-ochdi-foto-27074098.html
Nazarboyev Markaziy Osiyodagi eng katta masjidni ochdi - foto
Nazarboyev Markaziy Osiyodagi eng katta masjidni ochdi - foto
Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Markaziy Osiyodagi eng katta masjidni ochdi - foto
2022-08-12T16:44+0500
2022-08-12T16:44+0500
2022-08-12T16:44+0500
dunyoda
qozog‘iston
nursulton nazarboyev
masjid
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/12/22257159_793:20:2898:1204_1920x0_80_0_0_b869a07f1fa3aa4df12285a59635c9bc.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtda mamlakat bosh masjidini ochdi. U Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid bo‘lib, dunyodagi eng yirik masjidlar o‘ntaligiga kirdi.Masjidning tantanali ochilish marosimi qurilishdan uch yil o‘tib, bugun, 12-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Nursulton Nazarboyev yangi masjidning ochilishi mamlakatdagi barcha musulmonlar uchun muhim voqea ekanini aytdi.Nazarboyevning ta’kidlashicha, yangi masjid va unga tutash bog‘ poytaxtdagi sayyohlar uchun yangi diqqatga sazovor joyga aylanadi.Yangi masjid haqida nimalar ma’lum?Yangi masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biriga aylandi. Qurilish uch yil avval Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan boshlangan. Masjid joylashgan yer maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Umumiy maydoni 68 062 kvadrat metr. Katta gumbazning balandligi 83,2 metr, diametri 62 metr. Masjid to‘rtta minorali. Minoralarning balandligi 130 metrni tashkil qiladi.Bundan tashqari, masjidning yer osti qavatida 440 o‘rinli ziyofat zali, 405 o‘rinli yopiq avtoturargoh, qabulxona, hojatxona, texnik xizmatlar uchun joy, qurbonlik qilish joyi va boshqa xonalar mavjud. Birinchi va ikkinchi qavatlarda namoz o‘qiladigan joydan tashqari darsxonalar, majlislar zali, nikoh zali, Qur’on o‘qish zali, telestudiya, idoralar, xizmat xonalari, savdo do‘konlari, muzey va texnik xonalari mavjud.Masjidning umumiy sig‘imi 235 000 kishini tashkil etadi, ya’ni shuncha odam bir vaqtning o‘zida safga turib namoz o‘qishi mumkin.Binoning ochiq maydonida taxminan 200 000 kishi joylashishi mumkin. Zallarda bir vaqtning o‘zida 30 000 erkak va 5 000 ayol namoz o‘qishi mumkin. Masjid sig‘imi bo‘yicha Nur-Sultondagi respublika bosh masjidi dunyodagi eng katta 10 ta masjid qatoriga kiradi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/12/22257159_1065:0:2537:1104_1920x0_80_0_0_e6830fb75c27c7c7b08236695cd5f59b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nazarboyev markaziy osiyodagi eng katta masjidni ochdi - foto
nazarboyev markaziy osiyodagi eng katta masjidni ochdi - foto
Nazarboyev Markaziy Osiyodagi eng katta masjidni ochdi - foto
Nursulton Nazarboyev yangi masjidning ochilishi mamlakatdagi barcha musulmonlar uchun muhim voqea ekanini aytdi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtda mamlakat bosh masjidini ochdi. U Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid bo‘lib, dunyodagi eng yirik masjidlar o‘ntaligiga
kirdi. Masjidning tantanali ochilish marosimi qurilishdan uch yil o‘tib, bugun, 12-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Nursulton Nazarboyev yangi masjidning ochilishi mamlakatdagi barcha musulmonlar uchun muhim voqea ekanini aytdi.
“Prezident vakolatlari iste’foga chiqishidan bir kun oldin bu masjidning toshini qo‘yganman. Men musulmon sifatida masjid qurilishiga tashabbus ko‘rsatishni muqaddas burchim deb bildim. Bu masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biridir. Masjid qurilishi xususiy investorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Qurilish uchun mamlakat budjetidan mablag‘ olinmagan”, dedi Qozog‘istonning birinchi prezidenti.
Nazarboyevning ta’kidlashicha, yangi masjid va unga tutash bog‘ poytaxtdagi sayyohlar uchun yangi diqqatga sazovor joyga aylanadi.
“Men barcha qozog‘istonliklarni ushbu yorqin voqea – poytaxtimizda masjid ochilishi bilan chin qalbimdan tabriklayman”, degan Nazarboyev.
Yangi masjid haqida nimalar ma’lum?
Yangi masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biriga aylandi. Qurilish uch yil avval Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan boshlangan. Masjid joylashgan yer maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Umumiy maydoni 68 062 kvadrat metr. Katta gumbazning balandligi 83,2 metr, diametri 62 metr. Masjid to‘rtta minorali. Minoralarning balandligi 130 metrni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, masjidning yer osti qavatida 440 o‘rinli ziyofat zali, 405 o‘rinli yopiq avtoturargoh, qabulxona, hojatxona, texnik xizmatlar uchun joy, qurbonlik qilish joyi va boshqa xonalar mavjud. Birinchi va ikkinchi qavatlarda namoz o‘qiladigan joydan tashqari darsxonalar, majlislar zali, nikoh zali, Qur’on o‘qish zali, telestudiya, idoralar, xizmat xonalari, savdo do‘konlari, muzey va texnik xonalari mavjud.
Masjidning umumiy sig‘imi 235 000 kishini tashkil etadi, ya’ni shuncha odam bir vaqtning o‘zida safga turib namoz o‘qishi mumkin.
Binoning ochiq maydonida taxminan 200 000 kishi joylashishi mumkin. Zallarda bir vaqtning o‘zida 30 000 erkak va 5 000 ayol namoz o‘qishi mumkin. Masjid sig‘imi bo‘yicha Nur-Sultondagi respublika bosh masjidi dunyodagi eng katta 10 ta masjid qatoriga kiradi.