Moliyaviy xizmatlar sohasiga “tartibga solish qumdoni” rejimi joriy etiladi – Markaziy bank

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Sentralniy bank Uzbekistana
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
Yil oxriga qadar mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi barcha tijorat banklari va to‘lov tashkilotlarida to‘liq tatbiq etiladi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida yangi tizim – “Tartibga solish qumdoni” tashkil etiladi. Bu haqida Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan media-muloqot davomida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, "Tartibga solish qumdoni" nisbatan yangi tushuncha. U amaldagi qonunchilik doirasida yangi, innovatsion moliyaviy xizmatlarni taklif etuvchi tadbirkorlik tuzilmalariga cheklangan doirada eksperimentlar o‘tkazish imkonini beradigan alohida huquqiy rejimni anglatadi.
Tartibga solish qumdoni asosida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
Moliya bozoridagi raqobatni oshirish;
Mijozlar huquqlarini himoya qilish va moliya tizimi barqarorligini ta’minlash sharti asosida joriy etishga ko‘maklashish;
Moliyaviy xizmatlar turlarini kengaytirish va ommabopligini ta’minlash hamda ularning qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Tartibga soluvchi qumdonining ish tartibi moliyaviy bozor ishtirokchilarining muayan guruhiga emas, balki keng jamoatchilik manfaatlariga qaratilgan mezonlar asosiga quriladi.
Buning natijasida eksperimentlarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilib borish va nazorat qilish, olingan natijalarga qarab, moliyaviy xizmatlarni joriy etish (etilmasligi) bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, yil oxriga qadar mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi barcha tijorat banklari va to‘lov tashkilotlarida to‘liq tatbiq etish rejalashtirilgan.

Hozirda mamlakatda mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasidan 15 ta tijorat banki va 4 ta to‘lov tashkiloti foydalanmoqda.
Tahlillar respublikada bank kartasi va to‘lov terminalidan bevosita foydalanmasdan yetkazilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mobil ilova dasturlari yordamida QR-kod orqali tezkor to‘lovlarni amalga oshirish ommalashib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0