https://oz.sputniknews.uz/20220812/ixtirochilik-yonalishida-yangi-jamiyat-tuziladi-27077322.html
Ixtirochilik yo‘nalishida yangi jamiyat tuziladi
Ixtirochilik yo‘nalishida yangi jamiyat tuziladi
Sputnik O‘zbekiston
Ixtirochilik yo‘nalishida yangi jamiyat tuziladi
2022-08-12T19:09+0500
2022-08-12T19:09+0500
2022-08-12T19:09+0500
jamiyat
yangi qaror
ixtiro
tanlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/695/28/6952888_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_9f81136a7fb68281d38206212db93420.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tashkil qilinadi. Bu haqida Hukumat tomonidan qabul qilingan 440-sonli qarorda nazarda tutilgan.Jamiyat respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.Hujjatga ko‘ra, 2022-yildan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:Mazkur mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.Ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalashtirishga ustuvorlik beriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/695/28/6952888_146:0:927:586_1920x0_80_0_0_02a620d67eb61d7b71a2e120f5ef08ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ixtirochilik yo‘nalishida yangi jamiyat tuziladi
ixtirochilik yo‘nalishida yangi jamiyat tuziladi
Ixtirochilik yo‘nalishida yangi jamiyat tuziladi
Jamiyat respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tashkil qilinadi. Bu haqida Hukumat tomonidan qabul qilingan 440-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Jamiyat respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Hujjatga ko‘ra, 2022-yildan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘ringa – BHMning 300 baravari (90 mln so‘m);
2-o‘ringa – BHMning 250 baravari (75 mln so‘m);
3-o‘ringa – BHMning 200 baravari (60 mln so‘m).
Mazkur mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalashtirishga ustuvorlik beriladi.
G‘oliblar magistratura mutaxassisligiga Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi granti hisobidan imtihonsiz qabul qilinadi.