Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Bitta vitamin yetishmasligi qo‘l qaltirashiga olib kelishi mumkin

CC0 / Pixabay / Banka s jirorastvorimimi vitaminami
Banka s jirorastvorimimi vitaminami  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
Diyetolog aytishiga ko‘ra, V6 vitamini yetishmasligi qo‘llarning qaltirashiga olib kelishi mumkin.
Diyetolog Janel Oner Sayar Turkiye nashriga organizmda V6 vitamini yetishmasligi oqibatlari haqida hikoya qilib berdi.
“Ushbu vitamin yetishmasligi qizil qon tanachalari ishlab chiqarilishi kamayishiga olib keladi. Natijasida anemiya rivojlanadi, doimiy charchash, holsizlik va kuchni yo‘qotish yuzaga keladi. Teri toshmasi, lab yorilishi, og‘iz va lablar atrofida quruqlik paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Shuningdek, immun tizimi zaiflashadi, yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi ortadi. Qo‘l, oyoq, barmoqlar uvishishi va igna sanchgandek og‘rishi mumkin. Bolalarda - tashvishlanish, kayfiyat tushishi, homilador ayollarda - ertalab kuchli ko‘ngil aynish, shuningdek, kognitiv muammolar, masalan chalkashlik, diqqatni jamlashda qiyinchilik, unutuvchanlik paydo bo‘lishi mumkin”, — deya ekspert so‘zlarini keltiradi nashr.
Diyetologning ta’kidlashicha, V6 vitamini tuxum oqi, dukkaklilar, soya, yong‘oqlar, donlar, boyitilgan donlarda mavjud. Uning aytishicha, bu mikroelement astma, autizm, yurak-qon tomir kasalliklari, karpal tunnel sindromi, diabet, epilepsiya, depressiya, buyrak toshlari va osteoporoz, shuningdek, homiladorlik bilan bog‘liq ko‘ngil aynishi va qayt qilishni oldini olish uchun foydalidir.
Oner Sayar V6 vitamini yorug‘lik va issiqlikka sezgir bo‘lib, ultrabinafsha nurlar va issiqlik bilan ishlov berish ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qotishi haqida ogohlantirdi.
"Vitaminning 50% sterillangan donlarda, taxminan 50-70% tayyor nonushta donlarida yo‘qolishi mumkin. Hayvonlar va odamlarda V6 vitamini ichak bakteriyalari tomonidan ishlab chiqariladi. Va bu vitamin ichaklarda sintezlanadi", deya qo‘shimcha qildi u.
Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, kattalar uchun kuniga 1,25-1,67 milligramm V6 vitamini qabul qilish kifoya, bu esa har bir kilogramm tana vazniga 25-30 mikrogramga teng.
Yangiliklar lentasi
0