Baydenning ruhiy salomatligi xavotirga solmoqda - AQSh OAV

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
Hatto demokratlar orasida ham bu masala respondentlarning deyarli 40 foizini tashvishga solmoqda.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Yaqinda Issues & Answers/TIPP tomonidan o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklarning 59 foizi prezidenti Jo Baydenning ruhiy salomatligidan xavotirda. Bu haqda “The Washington Times” yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, hatto demokratlar orasida ham bu masala respondentlarning deyarli 40 foizini tashvishga solmoqda.
“AQSh prezidenti Jo Bayden haqida turli fikrlar bildirilmoqda. Shu bilan birga, so‘rovlar “borgan sari nozik” ma’lumotlarni ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.
Issues & Answers muharriri Terri Jons o‘z nashri TIPP bilan hamkorlikda o‘tkazgan so‘rov natijalarini taqdim etar ekan, Baydenning ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar oddiy amerikaliklar uchun jiddiy muammoga aylanganini yozdi.
Xususan, 1335 nafar amerikalik katta yoshdagi odamlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov quyidagilarni ko‘rsatdi. Respondentlarning 59 foizi Baydenning ruhiy salomatligidan “juda xavotirda” (36 foiz) yoki “biroz tashvishda” (23 foiz) ekanini aytgan. Qolganlari esa bu masala bo‘yicha “unchalik emas” yoki “umuman tashvishlanmasliklarini” aytishdi. Respondentlarning atigi 2 foizi esa nima deb javob berishni topa olmadi.
O‘z navbatida, prezidentning ruhiy salomatligi haqidagi tasavvurlar respondentlarning partiyaga mansubligiga qarab keskin farq qilgan. Demak, demokratlarning atigi 39 foizi bu masaladan xavotirda ekanini aytgan bo‘lsa, respublikachilar va mustaqillar orasida bu ko‘rsatkich yuqoriroq — mos ravishda 82 va 56 foizni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0