Vengriya: “Drujba” quvuri orqali neft tranzitini to‘xtatib turish – bu Ukrainaning shantaji

© Sputnik / Yegor Yeremov / Mediabankka o‘tishNeftepererabativayushiy zavod i nefteprovod "Drujba"
Neftepererabativayushiy zavod i nefteprovod Drujba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi mojaro “Kiyev “Drujba” neft quvurini to‘sib, Yevropa davlatlarini shantaj qilishga uringani”dan so‘ng yangi bosqichga chiqqan.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Vengriyaning “Origo” portali “Drujba” quvuri orqali Yevropa mamlakatlariga neft tranzitini to‘xtatib turish bilan bog‘liq vaziyatni tasvirlab, bu qadamni Ukraina tomonidan shantaj deb atadi.
Nashrning yozishicha, Ukrainadagi mojaro “Kiyev “Drujba” neft quvurini to‘sib, Yevropa davlatlarini shantaj qilishga uringani”dan so‘ng yangi bosqichga chiqqan.
“Prezident Vladimir Zelenskiyning maqsadlari aniq: u Yevropada imkon qadar ko‘proq tartibsizlik bo‘lishini istaydi, boshqa tomondan esa Vengriyaga zarba bermoqchi, chunki biz urushga qo‘shilishni xohlamaymiz va Ukrainaga qurol-yarog‘ yubormaymiz. Ukraina hukumati nafaqat Vengriyaga, balki ularning boshqa ittifoqchilariga ham doimiy ravishda hujum qilmoqda”, deb yozadi OAV.
“Transneft” “Ukrtransnafta” 4-avgust kuni Rossiyadan “Drujba” quvurining janubiy tarmog‘i orqali Vengriya, Chexiya va Slovakiyaga neft quyishni to‘xtatganini tasdiqladi, chunki Rossiya tomoni Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida tranzit to‘lovini amalga oshira olmaydi. 10-avgust kuni Vengriyaning MOL kompaniyasi va Slovakiyaning Slovnaft neftni qayta ishlash zavodi Ukraina tomoni bilan yetkazib berish va to‘langan tranzit xarajatlarini qayta tiklashga kelishib olgani ma’lum bo‘ldi. Neft yana quvur orqali oqib chiqa boshladi.
“Drujba” neft quvuri Samara viloyatidan boshlanib, Branskdan o‘tadi va keyin ikki qismga bo‘linadi: shimoliy qismi Belarus, Polsha va Germaniya hududidan o‘tadi, janubiy qismi esa Ukraina, Chexiya, Slovakiya va Vengriyadan o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0