Ukrainaning don ortilgan kemalaridan birortasi Afrikaga yetib bormadi - Rossiya TIV

© AP Photo / Michael ShtekelSuxogruz Razoni otpravlyayetsya v put iz porta v Odesse v ponedelnik, 1-avgusta 2022 goda.
Suxogruz Razoni otpravlyayetsya v put iz porta v Odesse v ponedelnik, 1-avgusta 2022 goda.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, Ukrainaning don mahsulotlari ortilgan kemalari Afrikaning muhtoj mamlakatlarga emas, tijorat maqsadida G‘arb portlariga yo‘l olmoqda.
TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Oziq-ovqat kelishuvi doirasida Ukraina portlaridan don bilan chiqib ketayotgan kemalarning manzillari G‘arb tomonidan e’lon qilingan "ochlikka qarshi kurash" niyatlarining samimiyligiga shubha uyg‘otadi, dedi TIV axborot va matbuot departamenti direktori o‘rinbosari Ivan Nechayev brifingda.
“Afsuski, hozirgacha Afrikaning ochlikdan azob chekayotgan mamlakatlariga Ukrainadan chiqqan don ortilgan kemalarning birortasi ham yetib bormadi. Ular asosan G‘arb portlariga boradilar, eksport qilinadigan tovarlar assortimenti asosan bug‘doy emas, makkajo‘xori donasi, kungaboqar yog‘i bo‘lishi G‘arbning niyati samimiy ekaniga shubha uyg‘otadi. Chunki G‘arb g‘alla ortilgan kemalarni olib chiqishda "dunyoning oziq-ovqat xavfsizligi" ushbu kelishiuvga bog‘liq degan edi" , - dedi diplomat.
Uning eslatishicha, Istanbul kelishuvlarning Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari va o‘g‘itlarini jahon bozoriga olib chiqishga oid qismi amalga oshirilmayapti.
Nechayevning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “barcha paketli kelishuvlar to‘liq amalga oshirilishini va G‘arb davlatlari Rossiya o‘g‘itlari va oziq-ovqat mahsulotlarining jahon bozoriga chiqishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishini” kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari 22-iyul kuni Istanbulda ikki kelishuv imzoladi. Ushbu hujjatlar to‘plami Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashni nazarda tutadi, shuningdek, Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan Qora dengiz portlaridan maxsus yaratilgan dengiz gumanitar koridorlari bo‘ylab tijorat kemalarining xavfsiz chiqishi algoritmini belgilaydi.
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Afrika iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Vera Songvening so‘zlariga ko‘ra, “mahsulot kelishuvi”ning amalga oshirilishi 23 million tonna Ukraina g‘allasini jahon bozorlariga yetkazib berish imkonini beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti don taqchilligi tufayli oziq-ovqat inqirozi xavfi borligini bir necha bor ta’kidlagan. G‘arb, o‘z navbatida, Rossiyani Ukrainadan kelayotgan don mahsulotlari jahon bozorlariga chiqmayotganlikda aybladi. Moskva bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi.
Eslatib o‘tamiz, ukrainalik harbiylar Mariupol portidagi minglab tonna donni yoqib yuborgan va Qora dengizning bir qismini minalashgan edi.
Yangiliklar lentasi
0