https://oz.sputniknews.uz/20220811/toshkent-ipoteka-markazi-ochildi--27027460.html
Toshkent ipoteka markazi ochildi
Toshkent ipoteka markazi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Markazda qurilish va developer kompaniyalar o‘z ofislarini tashkil etgan. Xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 11.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-11T09:11+0500
2022-08-11T09:11+0500
2022-08-11T09:11+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
toshkent
uy
ipoteka
toshkent ipoteka markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27027640_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_fb2c45421c4b67e6ca808d60389e98e3.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkent shahri Yashnabod tumanida aholiga kompleks xizmat ko‘rsatadigan ipoteka markazi ochildi. Shavkat Mirziyoyev Toshkent ipoteka markazini borib ko‘rdi.Qayd etilishicha, yangi tashkil etilgan markazda ipoteka bozoridagi takliflar umumlashgan va shaffof tizim yo‘lga qo‘yilgan.Tashrif buyuruvchilarga poytaxtda qurilayotgan uylar, ularga xizmat ko‘rsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.Oldi-sotdi, garov va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalarida ham yordamlashiladi. Eng muhimi, barcha xizmatlar bir joyda ko‘rsatiladi.Markazda qurilish va developer kompaniyalar o‘z ofislarini tashkil etgan. Xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Prezident minglab odamlar tomorqa uchun ipotekadan foydalana olmayotganiga e’tibor qaratib, mutasaddilarga bu bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.Ma’lumot uchun, joriy yilda ipoteka kreditlari uchun tijorat banklariga budjetdan 13 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Lekin olti oyda aholiga bu mablag‘larning 30 foizi berilgan, xolos.Eslatib o‘tamiz, Toshkentda so‘nggi oylarda birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar arzonlashdi. Poytaxtda ko‘chmas mulk bozorida oldi-sotdi shartnomalari soni shu yilning 7 oyi davomida salkam 49 mingtani tashkil etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27027640_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_30a30cc5d8c4543cc43a24b2a614ae8d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, toshkent, uy, ipoteka, toshkent ipoteka markazi
siyosat, shavkat mirziyoyev, toshkent, uy, ipoteka, toshkent ipoteka markazi
Toshkent ipoteka markazi ochildi
Markazda qurilish va developer kompaniyalar o‘z ofislarini tashkil etgan. Xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkent shahri Yashnabod tumanida aholiga kompleks xizmat ko‘rsatadigan ipoteka markazi ochildi. Shavkat Mirziyoyev Toshkent ipoteka markazini borib
ko‘rdi. Qayd etilishicha, yangi tashkil etilgan markazda ipoteka bozoridagi takliflar umumlashgan va shaffof tizim yo‘lga qo‘yilgan.
Tashrif buyuruvchilarga poytaxtda qurilayotgan uylar, ularga xizmat ko‘rsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Oldi-sotdi, garov va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalarida ham yordamlashiladi. Eng muhimi, barcha xizmatlar bir joyda ko‘rsatiladi.
“Bu markaz uy olishni istaganlarga kompleks xizmat ko‘rsatib, og‘irini yengil qiladi. Endi markazning elektron platformalarini rivojlantirib, odamlarga yanada qulaylik yaratish kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Markazda qurilish va developer kompaniyalar o‘z ofislarini tashkil etgan. Xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Prezident minglab odamlar tomorqa uchun ipotekadan foydalana olmayotganiga e’tibor qaratib, mutasaddilarga bu bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomorqa ipotekasini joriy qilish kerak. Tomorqa ipotekasi bu xalq ipotekasi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda ipoteka kreditlari uchun tijorat banklariga budjetdan 13 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Lekin olti oyda aholiga bu mablag‘larning 30 foizi berilgan, xolos.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda so‘nggi oylarda birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar arzonlashdi. Poytaxtda ko‘chmas mulk bozorida oldi-sotdi shartnomalari soni shu yilning 7 oyi davomida salkam 49 mingtani tashkil
etdi.