https://oz.sputniknews.uz/20220811/tabiat-himoyachisi-kokrak-nishoni-tasis-etildi-27030819.html
“Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
“Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. 11.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-11T10:18+0500
2022-08-11T10:18+0500
2022-08-11T10:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
“tabiat himoyachisi”
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20213800_0:78:1500:922_1920x0_80_0_0_65909a8474fdf140707c4a40737260a8.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomda keltirilgan.Nizomga muvofiq “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan fuqarolar taqdirlanadi.Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga har yili 1-maygacha taqdim etadi.Nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun 5 kishidan iborat komissiya tuziladi.Komissiya xulosasi asosida Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 1-iyunga qadar chiqariladi.Ko‘krak nishoni har yili 5-iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida Qo‘mita raisi tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20213800_84:0:1417:1000_1920x0_80_0_0_f1f2c6f561405804ccf259094bce2836.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “tabiat himoyachisi”
jamiyat, o‘zbekiston, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “tabiat himoyachisi”
“Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomda
keltirilgan. Nizomga muvofiq “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga har yili 1-maygacha taqdim etadi.
Nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun 5 kishidan iborat komissiya tuziladi.
Komissiya xulosasi asosida Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 1-iyunga qadar chiqariladi.
Ko‘krak nishoni har yili 5-iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida Qo‘mita raisi tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.