Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi

© Sputnik / Zafar XalilovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar davom etadi. Abituriyentlar 10-sentabrga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. 11-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi (DTM) xabar bermoqda.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida "Professional ta’lim muassasalariga qabul" bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (10 sentabr kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 10-sentabrga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 139 638 ta qabul kvotasi tasdiqlangan.
Shundan 149 ta kollej uchun — 59 ming 460 ta, 194 ta texnikum uchun — 80 ming 178 ta qabul ajratildi.
Professional ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish boshlandi
Yangiliklar lentasi
0