https://oz.sputniknews.uz/20220811/katta-tanaffus-ozbekistonlik-maktab-oquvchilari-artekdan-qaytishdi-27057360.html
Katta tanaffus: o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari “Artek”dan qaytishdi
Katta tanaffus: o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari “Artek”dan qaytishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari “Artek”dan qaytishdi
2022-08-11T20:33+0500
2022-08-11T20:33+0500
2023-04-05T18:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27037671_0:115:2730:1651_1920x0_80_0_0_0c691f78cb2e864cf98ff70471736a5e.jpg
TOShKENT, 11 avg - Sputnik. “Katta tanaffus” - rossiyalik maktab o‘quvchilari va talabalar, shuningdek, rus tilida so‘zlashuvchi xorijliklar uchun keng miqyosdagi dastur. Bu yili unda O‘zbekistondan ham maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi. Sputnik muxbirining xabar berishicha, iyul oyida sakkiz nafar o‘quvchi Qrimdagi mashhur “Artek” oromgohiga borishgan.U yerda yoshlar uch hafta bo‘lib qaytishdi va Toshkentdagi “Russkiy dom” da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida o‘z taassurotlari haqida so‘zlab berishdiXalqaro muloqot tiliYoshlarning aytishlaricha, ular “Artek”ka uch sutka davomida yetib borishgan. Sayohat ular uchun maroqli o‘tgan. Moskvada ular uchun ekskursiyalar tashkillashtirilgan: Qizil maydon, “Zaradye” parki va yana bir qancha diqqatga sazovor joylarida bo‘lishgan.Keyin esa Qrimga yo‘l olishgan.“Artek”ka ketayotgan poyezdda biz bilan boshqa mamlakatlardan - Polsha, Portugaliya, Turkiya, Misr, Kanadadan kelgan yoshlar ham bor edi”, - deydi Angelina Nosova.Angelina Nosova “Katta tanaffus sayyorasi” tanlovining qo‘shimcha saralash tanlovida g‘olib bo‘lgan. Angelina xalqaro trek finali doirasida “Katta tanaffus” profil xalqaro smenasida ishtirok etgan. Shuning uchun “Artek” ka yo‘llanma unga mukofot bo‘lgan.Noodatiy bolalar oromgohiArtek - ko‘pchilik o‘ylagandek oddiy bolalar oromgohi emas. Artek - bu xalqaro bolalar markazi bo‘lib, unda yoshlar turli loyihalar ustida ish olib borishadi.Masalan, “Katta tanaffus” g‘olibalaridan biri Ilhamiya Fattohova yangi do‘stlari bilan Do‘stlik kuniga bag‘ishlangan rolik yaratgan. Artekda Do‘stlik kuni 10-yildan buyon nishonlanadi.Oromgohda o‘tkazilgan uch hafta mobaynida o‘quvchilar tajriba, yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishgan, o‘zlarini turli rollarda, masalan, didjey, muhandis-konstruktor yoki aykido bo‘yicha murabbiy rolida sinab ko‘rishgan.Bundan tashqari, bolalar turli mahorat darslarida ishtirok etishgan, hatto Olimpiya chempionlari bilan uchrashishgan. Masalan, aralash yakkurash bo‘yicha sport ustasi Sergey Xaritonov bilan uchrashuv ham bo‘lgan.“Artek” ning ajoyib an’anasi ham bor. Smena tugaganda bolalar xayrlashuv tariqasida bir-birlarining bo‘yinlariga bog‘ich bog‘lashadi.“Bog‘ich qachonlardir yana bir bor uchrashishimizni bildiradi. Bu bog‘ich bizni bog‘lab turadi va uchrashuv albatta sodir bo‘ladi”, - deydi Lyaysan Israfilova.Bepul ta’limKuzda bolalar 11 sinfda o‘qishni davom ettirishadi. Ammo ularning barchasida bir yildan so‘ng o‘qishni qayerda davom ettirishni bilishadi. Katta ehtimol bilan bu Rossiya OTMlaridan biri bo‘ladi, chunki ko‘rik-tanlovdagi g‘alaba bepul ta’lim olish imkoniyatini ham beradi. G‘alabaga erishmagan ishtirokchilar uchun esa OTMga qirishda qo‘shimcha ballar beriladi.Krim tabiatidan katta taassurotlar bilan qaytgan bolalarning so‘zlariga ko‘ra, ular Sevastopol, harbiy-dengiz floti muzeyi hamda Malaxov qo‘rg‘oniga ham tashrif buyurishgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27037671_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_dac63b79a37b54c07da833fcafa13b9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari “artek”dan qaytishdi
o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari “artek”dan qaytishdi
Katta tanaffus: o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari “Artek”dan qaytishdi
20:33 11.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari “Katta tanaffus” dasturida ishtirok etib, afsonaviy “Artek”dan qaytib kelishdi. Ishtirokchilar o‘z taassurotlari haqida Sputnik muxbiriga so‘zlab berishdi.
TOShKENT, 11 avg - Sputnik. “Katta tanaffus” - rossiyalik maktab o‘quvchilari va talabalar, shuningdek, rus tilida so‘zlashuvchi xorijliklar uchun keng miqyosdagi dastur. Bu yili unda O‘zbekistondan ham maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi. Sputnik muxbirining xabar berishicha, iyul oyida sakkiz nafar o‘quvchi Qrimdagi mashhur “Artek” oromgohiga borishgan.
U yerda yoshlar uch hafta bo‘lib qaytishdi va Toshkentdagi “Russkiy dom” da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida o‘z taassurotlari haqida so‘zlab berishdi
“Ushbu loyiha- “Rossotrudnichestvo” va “Katta tanaffus” qo‘shma loyihasi. Biz “Salom, Rossiya” dasturi liniyasi doirasida bolalarning Moskvaga borish va qaytish parvozlarini ta’minladik. “Katta tanaffus” esa “Artek” oromgohidagi faoliyat uchun mas’ul bo‘lgan”- deydi Toshkentdagi “Russkiy dom” vakolatxonasi rahbari Mixail Vojdayev.
Yoshlarning aytishlaricha, ular “Artek”ka uch sutka davomida yetib borishgan. Sayohat ular uchun maroqli o‘tgan. Moskvada ular uchun ekskursiyalar tashkillashtirilgan: Qizil maydon, “Zaradye” parki va yana bir qancha diqqatga sazovor joylarida bo‘lishgan.
Keyin esa Qrimga yo‘l olishgan.
“Artek”ka ketayotgan poyezdda biz bilan boshqa mamlakatlardan - Polsha, Portugaliya, Turkiya, Misr, Kanadadan kelgan yoshlar ham bor edi”, - deydi Angelina Nosova.
Angelina Nosova “Katta tanaffus sayyorasi” tanlovining qo‘shimcha saralash tanlovida g‘olib bo‘lgan. Angelina xalqaro trek finali doirasida “Katta tanaffus” profil xalqaro smenasida ishtirok etgan. Shuning uchun “Artek” ka yo‘llanma unga mukofot bo‘lgan.
Noodatiy bolalar oromgohi
Artek - ko‘pchilik o‘ylagandek oddiy bolalar oromgohi emas. Artek - bu xalqaro bolalar markazi bo‘lib, unda yoshlar turli loyihalar ustida ish olib borishadi.
Masalan, “Katta tanaffus” g‘olibalaridan biri Ilhamiya Fattohova yangi do‘stlari bilan Do‘stlik kuniga bag‘ishlangan rolik yaratgan. Artekda Do‘stlik kuni 10-yildan buyon nishonlanadi.
“Biz Oleg Gazmanovning do‘stlik haqidagi qo‘shig‘ini ijro etib rolik suratga oldik. Qo‘shiqni o‘nta tilda quyladik Qo‘shiq “Artek” madhiyasiga aylangan”, - deydi u.
Oromgohda o‘tkazilgan uch hafta mobaynida o‘quvchilar tajriba, yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishgan, o‘zlarini turli rollarda, masalan, didjey, muhandis-konstruktor yoki aykido bo‘yicha murabbiy rolida sinab ko‘rishgan.
Bundan tashqari, bolalar turli mahorat darslarida ishtirok etishgan, hatto Olimpiya chempionlari bilan uchrashishgan. Masalan, aralash yakkurash bo‘yicha sport ustasi Sergey Xaritonov bilan uchrashuv ham bo‘lgan.
“Artek” ning ajoyib an’anasi ham bor. Smena tugaganda bolalar xayrlashuv tariqasida bir-birlarining bo‘yinlariga bog‘ich bog‘lashadi.
“Bog‘ich qachonlardir yana bir bor uchrashishimizni bildiradi. Bu bog‘ich bizni bog‘lab turadi va uchrashuv albatta sodir bo‘ladi”, - deydi Lyaysan Israfilova.
Kuzda bolalar 11 sinfda o‘qishni davom ettirishadi. Ammo ularning barchasida bir yildan so‘ng o‘qishni qayerda davom ettirishni bilishadi. Katta ehtimol bilan bu Rossiya OTMlaridan biri bo‘ladi, chunki ko‘rik-tanlovdagi g‘alaba bepul ta’lim olish imkoniyatini ham beradi. G‘alabaga erishmagan ishtirokchilar uchun esa OTMga qirishda qo‘shimcha ballar beriladi.
Krim tabiatidan katta taassurotlar bilan qaytgan bolalarning so‘zlariga ko‘ra, ular Sevastopol, harbiy-dengiz floti muzeyi hamda Malaxov qo‘rg‘oniga ham tashrif buyurishgan.
“Katta tanaffus” loyihasi boshlanganiga ko‘p bo‘lmadi va hozir Rossiyada ommalashmoqda. Bu xalqaro smena uchun birinchi tajriba bo‘ldi. Albatta davom etamiz, chunki hammasi yaxshi o‘tdi”,- deydi Vojdayev.